O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mehmonova Dilorom

Mehmonova Dilorom        Inson  umri uzun , poyonsiz yo‘lga  o‘xshaydi. Yuraverasan , maqadlar tomon  yuraverasan. Orzularing,  maqsadlaringga yetgan kuning, o‘zingni  dunyoda eng baxtiyor  inson  deb hisoblaysan. Lekin hayot  davom  etadi. Orzularingni cheki yo‘q. Baxt manzillari esa hisobsiz. Faqat uni zabt etish, harakatdan to‘xtamaslik zarur. Bular «Tadbirkor ayol» uyushmasi Quvasoy shahar bo‘limi raisasi, iqtisod fanlari nomzodi Dilorom Dadajonovnaning hayot haqidagi falsafalari va umr manzillarining suratlari...
    U Quvasoy shahar O‘rikzor qishlog‘ida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. Bilimga chanqoqligi, tinib-tinchimasligi uni Farg‘ona politexnika institutining iqtisodiyot fakultetiga yetaklab keldi.
    Mazkur institutni tugatgach, tug‘ilib o‘sgan shahrida mutaxassisligi bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli tarmokdarida mehnat qildi farg‘ona davlat universitetining iqtisod kafedrasida tadqiqotchi-o‘qituvchi sifatida bakalavr, magistratura bosqichidagi talabalarga «Tadbirkorlik asoslari» fanidan dars berish bilan birga «Mintaqada ishlab chiqarish tadbirkorligining tashkiliy- iqtisodiy omillari va muammolari» mavzusidagi ilmiy ishini Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi ixtisoslashgan Kengash yig‘ilishida yoqlab, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
    Hozirda mazkur mavzuni davom ettirib, doktorlik dissertatsiyasini yakunlash arafasida. Olimaning Farg‘ona viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish omillari haqidagi 20 dan ortiq ilmiy maqola va monografiyalari chop etilgan.
    Dilorom Dadajonovna tinib-tinchimas ayol. U Quvasoy shahar xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi «Rahbar ayollar» klubi raisi va «Tadbirkor ayollar» uyushmasi raisi sifatida xotin-qizlarni kichik biznes va tadbirkorlikka olib kirish, ularning turmush sharoitini yaxshilash, ish bilan band etish masalalarida yelib yuguradi, o‘zi tashabbus ko‘rsatadi.
    2009 yilning o‘zida uyushma qoshida tashkil etilgan o‘quv markazida kam ta’minlangan oilalardagi ish bilan band bo‘lmagan qizlarning yuz nafardan ziyodini chevarchilik, soch turmaklash, milliy ko‘rpa-to‘shaklar, chorsi tikishga bepul o‘qitdi. Bugungi kunda mazkur kasblarni o‘rgangan qizlar uylarida kasanachilik bilan shug‘ullanib, o‘z oilalari turmush tarzini yuksaltirmoqdalar.
    Dilorom Dadajonovnaning hayotiy shiori har bir sohada ta- shabbuskor bo‘lish, olg‘a intilish, kurashchanlik. Orzu-armonlari haqida so‘raganimizda u: eng oliy orzuim doktorlik dissertatsiyani nihoyasiga yetkazib, hayotda tadbiq etishga erishish, deb javob berdi.
    U ko‘p yillik samarali, fidokorona mehnatlari uchun «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi» yubiley nishoni va «O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan takdirlangan. Jonkuyar, tashkilotchi va tashabbuskor Dilorom opaga hamisha baxti yor bo‘lsin!
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar70



Ijtimoiy-gumanitar fanlar20



Tabiiy fanlar5



Filologiya5