1951 yilning 12 oktyabrida Namangan viloyati Kosonsoy tumani Qo‘qimboy qishlog‘ida tug‘ilgan.
1959 - 1969 yillarda tumandagi A.Qodiriy nomli 22 o‘rta maktabda o‘qigan.
1969 - 1970 yillarda “Qo‘qimboy” davlat xo‘jaligida ishchi bo‘lib ishlagan.
1970 - 1972 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan.
1973 yili Toshkent politexnika institutining (hozirgi ToshDTU) mexanika fakultetiga o‘qishga kirib, 1978 yilda muvaffaqiyatli tamomladi.
1978 yildan Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Qo‘qimboy” jamoa xo‘jaligida markaziy ta’mirlash ustaxonasi mudiri vazifasida ishladi.
1984 yildan ToshPIning Namangan filialida (hozirgi NamMPI) ilmiy pedagogik faoliyatini boshladi. Dastlab metallar texnologiyasi kafedrasida laboratoriya mudiri, so‘ngra assistent, katta o‘qituvchi lavozimlarida talabalarga saboq berdi.
1985 - 1989 yillarda O‘zME ilmiy - tadqiqot instituti sirtqi aspiranturasida tahsil oldi.
1997 yilda mazkur institutning Ixtisoslashgan ilmiy kengashida “Qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlatish va ta’mirlash” yo‘nalishi bo‘yicha “T28X4M traktorining qo‘shimcha oxirgi uzatmasining chidamliligini oshirish yo‘llarini asoslash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga erishdi.
M. Meliboev o‘z ilmiy - pedagogik faoliyati davomida 40 ga yaqin ilmiy - uslubiy maqolalar chop ettirdi va kasb - hunar kollejlari
uchun “Mashinalarga tex - nik xizmat ko‘rsatish” nomli o‘quv qo‘llanmasi yaratdi.
Olim ayni chog‘da doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanishlar olib bormoqda.