O‘zbekiston Milliy universitetining Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy tadqiqot markazi yetakchi xodimi Milusheva Rakiya Yunusovna 1973 yilda Toshkent Politexnika instituti (Hozirgi TDTU)ning Kimyo - texnologiyasi fakultetini “Plastmassalarni kayta ishlash texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha o‘kishni a’lo baxolarda bitirgan va ilmiy faoliyatini Paxta tsellyulozasi texnologiyasi ilmiy tadqiqotida stajyor - tadqiqotchi bo‘lib boshlagan.
1977 yilda Toshkent Politexnika instituti (Hozirgi TDTU)ning “Plastmassalarni qayta ishlash” kafedrasi aspiranturasiga kirgan. 1981 yilda O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi institutiga “Polimerlanish jarayonlari” laboratoriyasiga stajyor - tadqiqotchi bo‘lib ishga qabul qilingan. 1989 yilda N - vinillaktam, “itakon kislota va stirolsulfonat iatriyalar ionogen sopolimerlarini sintezi” mavzusidagi dissertatsiya ishini himoya qilgan.
Keyingi davrda Milusheva Rakiya Yunusovna xitin va uning xosilalari soxasida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. U tomonidan turli manbalar, jumladan, Orol qisqichqasimonlari Palaemon elegans pantsiri, yuqori navli Pleurotus osteatus zamburug‘i, tabiiy ipak ishlab chiqarish chiqindisi - Bombyx mori tut ipak qurti gumbagidan xitin ajratib olish o‘zlashtirilgan. Uning bevosita ishtirokida xitin ajratib olish texnologiyasi va Bombyx mori xitinidan xigozan sintez qilish usuli ishlab chiqilgan xamda xitozanning bir qator yangi hosilalari sintez qilingan. Hozirgi paytda Milusheva Rakiya Yunu- sovna polisaxaridlar asosidagi nanostrukturali polimer aralashmalar hamda aporganik loy qo‘shilgan xitozan nanokompozitlari sohasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Olima 2007 - 2008 yillar “Tabiiy ipak ishlab chiqarish chiqindilaridan turli deatsetillanish darajasiga ega xitozan olish texnologiyasi ishlab chiqish” mavzusidagi loyihaning, 2009 - 2011 yillarda “Polisaxaridlar asosida yangi mahalliy nanostruqturali preparatlar ishlab chiqish va” ularni turli etiologiya kasalliklarini davolashda qo‘llash” mavzusidagi, hamda 2012 - 2014 yillar mobaynida “Xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llash uchun ipak ishlab chiqarish chiqindilaridan oqsil va oqsil kontsentratini ajratib olish texnologiyasi” mavzusida loyiha rahbari bo‘lgan.
Olima shuningdek, “Polimerlarda nanostrukturalar”. Ularni yaratish va materiallarda maxsus xos - salarining namoyon bo‘lishi” mavzusidagi dolzarb loyihani bajarishda faol ishtirok etmoqda. Shu bilan birga “Prenantal tashxis usullarini ishlab chiqish va akustik ajratib olish usuli asosida qon bank ma’lumotlari yaratish hamda har xil DPK turlarini va qon tarkibiy qismlarini baholash” byudjetini bajarishda ham faol qatnashmoqda.
2003 yilda Rakiya Milusheva “Orol qisqichqasimonlari Palaemon elegans pantsiri va Bomby mori ipak qurti g‘umbagidan xitin va xitozan ajratib olish va ularning tavsiflari” mavzusidagi DAAD (Podstam Universiteti, Podstam shahri) byudjetini, 2007 yilda “Bionanokom - pozitlarda nanozarrachalar va tabiiy polimerlarning o‘zi tashkillanuvchan ansambli” mavzusidagi SNF (Brunel Universitet, London) byudjetini, 2011 yilda “Sintez amfifilnыx sopolimerov na osnove xitozana - Bombyx mori dlya sozdaniya novыx lekarstvenniyx form” mavzusidagi SNF (Bazel Universitet, Shvetsariya) byudjetini yutgan.
1992 yildan 2005 yilgacha O‘zR FA PKFI “Istiqbolli polimerlar sintezi” laboratoriyasida katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 2005 yildan mazkur laboratoriyada yetakchi ilmiy xodim bo‘lib hamda 2015 - 2016 yillarga mo‘ljalangan “Baliqchilik xo‘jaliklari uchun oqsilli ozuqalar va oqsil ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zlashtirish” mavzusidagi innovatsion loyiha rahbari bo‘lib ishlamoqda.
U 2005 yildan 2010 yilgacha institut kasaba uyushmasi raisi bo‘lgan. Olima tomonidan 150 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, ularning 8 tasi patent va 60 dan ortig‘i ilmiy maqolalardir.
Milusheva Rakiya Yunusovna xalqaro anjumanlarning faol ishtirokchisi bo‘lib, ularda ma’ruzalar bilan qatnashadi va ilmiy munozaralarda ishtirok etadi. U bilimli, tadbirli, ilmiy yondashuvchan xodim bo‘lib, jamoada katta obro‘ga egadir.