O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mirahmedova Oysara Xushvaqtovna

Mirahmedova Oysara Xushvaqtovna    Mirhraxmedova Oysara Xushvaqtovna 1953 yil iyun oyida Samarqand viloyatining Chelak shahrida tug‘ilgan. 1971 yil o‘rta maktabni muvaffaqiyatli tugatib, Samarqand Davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kiradi. Doimo o‘ziga talabchan toliba ustozlarining ma’ruzalarini jon - qulog‘i bilan tinglar, qo‘shimcha adabiyotlarni tinmay mutolaa qilardi. U tanlagan kasb insonlar hayoti bilan bevosita bog‘liqligini chukur tushunar, shundanda fikri - zikri ilmni puxta o‘rganish bilan band edi. O. Mirahmedova institutni tamomlab, 1976 yil Toshkentdagi 10 - shahar kasalxonasida ordinanatura o‘taydi. Olgan bilimi, o‘qigan adabiyotlari juda qo‘l keldn o‘shanda. Yosh mutaxassis bemorlarga malakali muolajasiyu shirin so‘zi bilan dalda bo‘ldi, shifo berdi.
  1977 yildan 1985 yilga qadar Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Markaziy shifoxonada vrach - terapevt bo‘lib ishladi. Bu yerda tajriba orttirdi. Bilmaganini o‘rgandi, bilganlarini o‘rtoqlashdi. 1985 yildan boshlab xozirgi kunga qadar Kardiologiya ilmiy - tekshirish institutida ish faoliyatini olib boryapti.
  Kardiolog — xalqona aytsak, yurak shifokori. Yurak og‘rig‘i — dil og‘rig‘i. Avvalo, ko‘ngil dardi. Uning ilk  davosi ham shirinso‘z, mexrli nigohdan boshlanadi desak, xato qilmaymiz. Yurakning ta’rifini chetga qo‘yib, uning shifokori haqida so‘z yuritsak, ta’rif bersak qalam ojiz qolmasmikan? Oysaraxondek kasbining ustalari, halolu pok, oqko‘ngil shifokorlarni alqashga bisotimizdagi jami go‘zal qyoslar yetarlimikan? Yo‘q. Ularning ta’rifini qo‘llaridan shifo topgan, yuragiga malham olgan yuzlab bemorlar aytsin. Ular haqli bunga, ulardan ortib biz biror gapni enlab aytolmaymiz balki...
  Shifokorning bemor oldidagi mas’uliyati ulug‘. Hayotini ishonishadi unga, hayotini. Shu omonatga xiyonat qilmaslik uchun xam Oysara Mirahmedova ilmiy izlanishlar qildi, kardiologiya soxasidagi eng so‘nggi yangiliklardan doim xabardor bo‘ldi. 1998 yilda esa nomzodlik ishini himoya qildi. Fanni, amaliyotni o‘z izlanishi bilan boyitdi.
  Hozirgi kunda O. Miraxmedova Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi maslaxat poliklinikasining raxbaridir. Turmush o‘rtog‘i Mirjamol Miraxmedov bilan xamkasb,  Sog‘liqni saqlash vazirligida katta mutaxassis. Ikkovlon farzandlarining kamolini ko‘rish orzusida.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5