O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mirkomilova Muhabbat

Mirkomilova MuhabbatMirkomilova Muhabbat

    Hayot bamisoli tegirmon. Barchani o‘z domiga oladi. Toshida xo‘p va ko‘p aylantiradi. Birov sabri bilan, birov irodasn bnlan, yana birov zakovati bilan, kimlardir imoni bilan uning toshidan butun chiqadn. Muhabbat Sa’dullaevna Mirkomilova xam irodasi, xam zakovati, ham  ilmi  va sabru qanoati tufayli butun chiqdi. Chiqqanda xam qaddini g‘oz tutib mag‘rur va masrur holda chnkdi.
    Muxabbatxonnn xayot ko‘p imtihonga oldi. Baxtni ko‘shko‘llab berib, tegirmon toshga soldi. Harna qiyin kunda ham irodasinn ko‘rib o‘zi hayron qoldi. U 1939 yilda tug‘nlgan. 1956 yilda o‘rta maktabni tamomlab O‘rta Osiyo Politexnnka institutiga o‘qishga kirdi. 1961 yilda uni muvaffaqiyatli tugatib, muhandis-texnolog mutaxassisligini oldi. Shundan so‘ng u kimyo ilmi sohasiga butun borlig‘i, vujudi va mehri bilan sho‘ng‘ib ketdi. 1964 yilda Rossiya Fanlar akademiyasining «Organik elementlar birikmasi» ilmiy-tekshirish instiguti aspiranturasiga kirib, 1968 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Kimyo fani o‘ta murakkabligi bilan boshqa fanlardan ajralib turadi. Shunday bo‘lsada, Muhabbat Sa’dullaevna o‘zi o‘qigan oliygohning «Analitik kimyo» kafedrasida 1968-1980 yillarda katta o‘qituvchi, 1980 — 2004 yillarda dotsent vazifasida samarali faoliyat yuritdi.
    Muhabbat opa Mirkomilova fidoyi, mehnatsevar ayol. U o‘z bilimi bilan yurtimiz ravnaqiga, yoshlar tarbiyasiga barakali hissa qo‘shmokda. Shuningdek kimyo fanini rivojlantirish maksadida ilmiy tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqda. Ushbu tajribalar nafaqat yurtimiz, balki ko‘pgina boshqa chet mamlakatlarda ham ma’lum va mashhur. 
    Muhabbat opa tomonidan 1996 yilda davlat tilida «Analitik kimyo» darsligining yaratilishi ilm bobida katta voqea bo‘ldi, chunki shu paytga qadar kimyo fanidan o‘zbek tilida hech qanday darslik yo‘q edi. Kimyogar olima ko‘p yillik faoliyati davomida «Tahlilning fizik-kimyoviy usullari», «Fotokolorimetriya», «Analitik kimyo va suvning texnik analizi» kabi 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ko‘rsatma va qo‘llanmalar tayyorlagan. Ijodiy ishlari rivojida uning olim To‘lqin Mirkomilov bilan turmush qurib, hammaslak bo‘lgani ham qo‘l keldi. Hayot tegirmoni toshidan o‘ziga xos va o‘ziga mos tarzda butun chiqqan olimaning izlanishlari, intilishlari zoe ketmadi. Hozirgi kunda uning «Analitik kimyoda sifat va miqdoriy analiz» darsligi va uch qismdan iborat «Analitik kimyo» kitoblari oliy o‘kuv yurt talabalariga qo‘l kelmoqda
    Uning mehnati munosib taqdirlangan. «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni, qator faxriy yorliq va diplomlar sohibidir.
    Yana shuni ta’kidlash lozimki, respublikamizda har yili «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi» tanlovi o‘tkaziladi. Muhabbat opa ushbu tanlovda qatnashib, uch yil muntazam g‘olib deb tanildi. Shu asosda «Analitik kimyo» muallifi M.S. Mirkomilovaga himoyasiz tarzda «professor» ilmiy unvoni berildi.
    Muhabbat onaning bir qizi, to‘rt nabirasi bor. Muhabbat opa nafaqat farzandlari, balki yuzlab talabalarga mukammal tarbiya bermoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar75



Filologiya10