Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Sanjar Mirsalihov 1939 yili Toshkentda tavallud topgan. Otasi Mirahmadboy ko‘zga ko‘ripgan savdo xodimi bo‘lib, farzandlariga odamiylik fazilatlarini singdirib volga yetkazdi. U L.B.Shastri nomli 24 - maktabni 1957 yilda a’lo baholarga tugatdi.
Sanjar Mirsalihov shu yili Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining geografiya - biologiya fakultetiga o‘qishga kirdi. U tabiat va sayohatga qiziktsanlig‘i sababli o‘zbek turi zimida ochilgan “Tog‘ turizimi” to‘garagining faol a’zosi sifatida Bo‘stonlik tumanida o‘tkazilgan yozgi - qishki sayohat va musoboqalar - da ishtirok etdi. Ayniksa. 1960 yili sentyabr va oktyabr oylarida o‘tkazilgan tog turizimi bo‘yicha musobaqada tsatnashib, respublikaning aholi yashamaydigan hududlari bo‘ylab 220 km.lik masofani 24km. masofani yayov bosib o‘tdi va musobaka shartlarini a’lo darajada ado etib, “Sport ustasi” guvohnomasi va ko‘krak nishonini olishga muyassar bo‘ldi.
Sanjar Mirsalihov 1962 yili oliygohni tugatarkan, ustozlari unta institutda qolib, tabiiy - geografiya kafedrasida ishlash va ilmiy ish bilan shug‘ullanishni taklif tsilishdi... Ammo bolalar turizmini yaxshi ko‘rgan Sanjar Parkent tumaniga ishga ketdi. Yosh mutaxassis 31 - maktabda geografiya - biologiya fanidan o‘qituvchilik qildi. To‘rt yillik qizg‘in faoliyatidan so‘nggina ilm tsilish uchun respublika tabiat muzeyiga ilmiy xodim bo‘lib ish boshladi. 1966 yildan boshlab, toki nafaqaga chitskuniga qadar - 50 yil davomida A.Avloniy nomli xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish va i;aii'ia tayyorlash markaziy institutida xizmach qildi. Avval tarbiyaviy ishlar bo‘yicha metodist, so‘ng kabinet mudiri, kafedra katta uqituvchiei, maktabdan tashtsari ta’lim va sport kafedrasi mudiri, ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishladi.
Olim 20dan ortits risolalar 150ga yatsin matsolalar muallifi chamdir. Lyiiksa, uning “Yo‘l harakati koidalaripi” o‘rgatish va bolalarni transportlardan shikastlanishini oldini olish mavzu - yida yozgan risolalari, maktabgacha ta’lim, maktab, litsey, kollej ukuvchilari va o‘tsituvchilariga dasturulamal bo‘ldi. Masalan: “Yo‘l harakati qoidalari”ni o‘rgatish mashg‘ulotlarining reja va dasturi (1998), “Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishda badiiylik (2003), yo‘l qoidasi - umr foydasi (2009), “Yo‘llaringiz bexatar bo‘lsin” (2004), “Tarbiyada ta’til bo‘lmaydi” (2000), “Maktabning maktab¬dan tanщari ta’lim muassasalari hamkorligi” (1999) va bir tsancha risola va matsolalarp chop etilgan.
U 20dai ortiq chet davlatlarga xizmat safariga bordi. Masa¬lan: Turkiya, Gretsiya, Mier, Yugoslaviya, Vengriya, Germaniya De-mokratiya Respublikasi, Xitoyga xalq ta’limi xodimlariga rahbar bo‘lib, 1994 yil Saudiya Arabistoniga, Umra safariga (rahbar muovini), Makka, Madina va Sobik ittifotsning hamma respublkalariga tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi.1994 yil Sanjar Mirsalihovga Prezident devoni tavsiyasi bilan umra safariga ellikboshi sifatida Davlat hisobidan haj kilib kelish nasib etdi.
Butun umrini yurt ravnaqiga, elning og‘irini yengil qilishga bag‘ishlayotgan Sanjar Mirsalihovdek insonlar hayoti ibrat qilsa arzigulikdir.
Sanjar aka tabiatan kamtar inson bo‘lgani uchun har bir yutug‘ida jamoadagilarning, hamyurtlarining ulushi borligini e’tirof etadi. Doim ularning yukiga yelka tutadi, oilalarda tinchlik va farovonlik xukm surishi uchun harakat qiladi.
Sanjar Mirsalihov oilada ham baxtli inson. Rafiqasi Maxmu¬da Mirsalihova (bolalar oliy toifali shifokori) bilan uch nafar farzandini kamolga yetkazdi. Barchasi Toshkent Moliya institutida tahsil olgan. 9 nabira, 2 abiraning sevimli buvi va bobojonisidir ular. Kuyovlari, kelinlari ham oliy ma’lumotli mutaxassislar, el koriga kamarbasta bo‘lib, Sanjar aka va Maxmuda opalarning mehri og‘ushida oroyish topishgan...