Tibbiyot fanlari doktori, professor
O‘tkir Mirsharalov 1947 yil Toshkent shahrida dunyoga keldi. U. M. Mirsharapovning hayotda yutuqlarga erishishiga otasi Mirsharof aka (do‘kondor, “Hurmat belgisi” ordena sohibi bo‘lgan) va onasi Azizaxon ayaning hissalari beqiyos bo‘lgal. O‘tkur Mirsharalov - oilada 8 nafar farzandning tung‘ichi. Mirpo‘lat, Rustam (marhum), Hotam, Mirabzal, Shuhrat, Umida, Feruzalar ham ota - onalarining qimmatli maslahatlari, ta’lim - tarbiyalari bilan kamol topishdi. O‘tkir Mirsharapov 1964 yil 82 - sonli o‘rta maktabni tugatib, Toshkent davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakultetiga o‘qishga kirdi va uni 1969 yil yakunlab, institut taqdimot komissiyasining farmoyishiga asosan odam anatomiyasi kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qoldirildi. 1978 yilda “Qon tomir va nervlar jarohatlanganda yonlama qon tomirlarning rivojlanishi va shakllanishi” mavzusida fan nomzodligi dissertatsiyasini muvaffatsiyatli himoya qildi. 1982 yili “Odam anatomiyasi” kafedrasining dotsenti ilmiy darajasini olishga sazovor bo‘ldi. Samarali ilmiy tadqitsotlari va tinimsiz mexnati natijasida O‘. Mirsharapov 1992 yilda “Postnatal ontogelezda o‘pkaning ichki va tashqi vena qon tomirlarining morfologik rivojla¬nishi va shakllanishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 1993 yili Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutining Odam anatomiyasi kafedrasining professori lavozimiga saylandi. 1997 - 2005 yy. Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti, 2005 - 2012 yy Toshkent tibbiyot akademiyasining Odam anatomiyasi, operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasida mudirlik vazifasida ishladi. U. Mirsharapov 1991 - 2005 yy dekan muovini, kasaba uyushmasining raisi, Toshkent Davlat tibbiyot institutining tibbiy profilaktika fakulteta dekani bo‘lib xizmat qildi. 2012 - 2014 yy.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiyasi komissiyasining tibbiy - biologik fanlar bo‘yicha eksperta sifatida ishladi. 2014 yildan Toshkent tabbiyot akademiyasining Nazorat va Monitoring bo‘limi boshlig‘i lavozimida mehnat qilmoqda. O‘tkir Mirsharapov 166 ta ilmiy maqola, 3 ta monografiya, 3 ta darslik, 4 ta patent, 47 ta o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar muallifidir. Olim ilmiy ma’ruzalari bilan Rossiya va Turkiya, Ispaniya, AQSh va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan seminar va anjumanlarda ishtirok etdi. Olim rahbarligida 3 ta doktorlik va 6 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi. Uning rahbarligida elektron darslik, barcha mavzular bo‘yicha ma’ruzalar matnlari va multimedia variantlari, amaliy ko‘nikmalari yaratilgan. Test va vaziyatli masalalar va OSI (ob’yektiv strukturlarga kiritilgan imtihon), amaliy ko‘nikmalarni baholash mezonlari qayta ishlab chiqildi. Bugun U. Mirsharapov pedagoglarni birlashtirib, ularning ilmiy - amaliy salohiyatani yuzaga chitsarish hamda qo‘llab - quvvatlash maqsadida yangi inovatsion g‘oyalar, loyihalar, ishlanmalar ustida o‘quv va ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Akademiya ma’muriyati U. Mirsharapovning tabbiyot xodimlarini tayyorlash sohasida olib borgan xizmatlarini e’tiborga olib, ularni bir necha marotaba “Faxriy Yorliq” va tashakkurnomalar bilan taqdirladi.
O‘tkir Mirsharapov qanchalar sinchkov, zahmatkash tadqiqotchi bo‘lsa, shunchalik kamtar murabbiy, g‘amxo‘r ota va umr yo‘ldoshdir. Olimning rafiqasi Dilbar Anvarovna inson salomatligi yo‘lida mehnat qilayotgan shifokor. Dinaraxon – ota - ona kasbining vorisi, izdoshi, tabbiyot fanlari nomzodi, bugungi kunda Toshkent shahar 8 - son tug‘ruq kompleksida ginekologiya bo‘limi boshligi la¬vozimida ishlayapti. O‘g‘li Nuriddin “Afsar” qo‘shma korxonasida menedjer. 5 nafar nabira esa bobo va buvining porloq istiqbolidir. Shu o‘rinda professorning shogirdi - tibbiyot fanlari doktori, professor Zumrad Shavkatovna Sodiqovaning unga atalgan to‘rtligini keltirmoqchiman:
Zur maqtovlar boqmoqqa ojizlik qildim, So‘limdagi qalam mo‘rtga o‘xshaydi.
Bir ibrat aytaman so‘z oxirida, Ustoz, ta’limingiz mangu yashaydi...