O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti umumiy, noorganik va analitik kimyo kafedrasi dotsenti Dilorom Mirxamitovaning talabalik yillari ham, mehnat faoliyatining boshlanishi, pedagogik mahoratining oshishi, ilmiy izlanishlari ham ana shu universitet bilan chambarchas bog‘langan.
1993 yildan Kimyo fakultetida laborant, katga laborant va o‘qituvchi lavozimlarida ishlab kelgan. O‘ziga talabchan va fanga bo‘lgan qizikishi tufayli 2000 yili Umumiy kimyo kafedrasiga Organik kimyo mutaxassisligi bo‘yicha aspiranguraga o‘kishga kirdi. 2000 yilda "Eng yaxshi aspirant" nominatsiyasi bo‘yicha universitet tomonidan ta’sis etilgan medal bilan taqdirlangan. Shu yili O‘zR Prezidenti Davlat stipendiyasi tanlovining yakunlovchi bosqichida ishtirok etgan, 2002 yili O‘zMU stipendiati sohibi bo‘lgan. 2009 yili "Ba’zi bir aminoguruhi tutgan birikmalarni atsetilen ishtirokida katalitik vinillash" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Dilfuza Mirxamitova har bir topshirilgan ishlarga, o‘tadigan darslariga masuliyat bilan yondoshadi. Kafedradagi "Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi" magistratura mutaxassisligi uchun yangi DTS va namuna- viy o‘kuv dasturlar tuzishda ishtirok etgan. O‘tadigan barcha fanlar bo‘yicha o‘kuv ishchi dastur, kalendar reja, baholash mezoni, savollar majmuasi tayyorlagan. Ma’ruza, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanadi. 2013 yilda O‘zMU qoshidagi tajriba oshirish mintaqaviy markazda tajriba oshirgan.
Bundan tashqari Dilfuza Mirxamitova tomonidan hammuallifliqda Respublikada birinchi o‘zbek tilidagi 1 ta darslik ("Nefg-gaz kimyosi va fizikasi"), o‘kuv-uslubiy qo‘llanma ("Noorganik va analitik kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari") chop qilingan. Kimyo (noorganik va analitik kimyo), Neft va tabiiy gaz kimyosi, Neftkimyoviy sintez fanlaridan o‘quv-uslubiy majmualar, Neft va tabiiy gaz kimyosi fanidan elektron pedagogik dasturiy vosita (disk) tayyorlangan.
O‘quv jarayoni bilan birgalikda olima kafedra ilmiy yo‘nalishi asosida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 2012-2013 yillarda "Vinilbirikmalar sinteziga nano uzilishli katalizatorlarning shak- llanishining ilmiy asoslari" mavzusidagi Davlat byudjeti rahbari sifatida, hozirda esa «Molekulyar- nыy dizayn nanostrukturnыx fotokatalizatorov na osnove metalloksidnыx nanokomnozitov dlya fotode- struktsii toksicheskix organicheskix veshestv» Toshkentdagi Turin Politexnika universiteti xodimlari bilan hamkorlikda bajarilayotgan Davlat byudjeti a’zosi sifatida faoliyat olib boryapti. Shu kungacha 100 ortiq ilmiy ishlari Xorijiy va Respublikaning ilmiy jurnallari va anjumanlari tezislari sifatida chop qilingan (shulardan 31 tasi nomzodlik himoyasigacha, 70 dan orgiq ilmiy ishlar (15 ta ilmiy maqola) nomzodlik himoyasidan keyin), 8 sinov dalolatnomalari olingan. Uning ilmiy rahbarligida 12 ta magistr tayyorlangan.
Mirxamitova Dilorom Xudoyberdievna har o‘quv yili yakunida fakultetda olib borgan o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlariga ko‘ra, fakultet va kasaba uyushma faxriy yorlig‘i va sovg‘alari bilan taqdirlangan. 2012 yili Universitetda "Mustahkam oila yiliga bag‘ishlab o‘tkazilgan Respublika ilmiy, ilmiy-texnik anjumanda "XXI asr intellektual va innovatsion g‘oyalarni shakllantirishda jonkuyar ustoz" nominatsisi bo‘yicha diplom bilan taыdirlangan. 2013 yil Universitet olima ayollari o‘rtasida o‘tkazilgan "Ilm yulduzlari" tanlovida qatnashgan.
Shuningdek, Dilorom Mirxamitova 2011-2014 yillarda fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul shaxs sifatida faoliyat olib borgan. Universitet va fakultet miqyosida o‘tkaziladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida faol ishtirok etadi. Universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan shashka-shaxmat, voleybol, streytbol musobaqalarida har yili muntazam qatnashib keladi va sovrinli o‘rinlarni (1 va 2 o‘rinlar) egallagan.
Olima ushbu o‘quv yilida fakultet Kengashi kotibasi, Umumiy kimyo fanidan topshiriladigan doktorlik imtihonini o‘tkazish komissiyasi a’zosi, kafedra hujjatlari bilan ishlashga mas’ul, 2015 yil Respublika miqyosida o‘tkazilgan "XXI asr - intellektual avlod asri" konferentsiyasida ekspert, Toshkent kimyo texnologiya institutida BMI va MD himoyalarini o‘tkazishda DAK a’zosi sifatida qatnashdi.
Mirxamitova Dilorom Xudoyberdievna hamisha har narsaga ulgurishga, ulgurganda ham ishni chin dildan, qunt bilan, a’lo darajada bajarishga harakat qiladi. Buning uchun unda g‘ayrat, intilish, fidoyilik, eng muhimi kasbiga, o‘z ishiga mehri, odamlarga bo‘lgan muhabbati bor...