Abdurashid Mamasiddiqovich Mirzaahmedov 1957 yil 2 aprelda Uychi tumani Qizil ravot qishlog‘ida tug‘ilgan.
1974 yil qishloqdagi 5 - o‘rta maktabni tamomlagan.
1980 yilda ToshDUning tarix fakultetini tugatgan.
1980 - 1882 yillarda Namangan shahar o‘lkashunoslik muzeyida bo‘lim mudiri vazifasida ishlagan.
1982 yildan Toshkent politexnika institutining Namangan filialida (hozirgi NamMPI) ijtimoiy fanlar kafedrasi kabinet mudiri lavozimida mehnat qilgan.
1987 — 1991 yillarda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining kunduzgi maqsadli aspiranturasida tahsil oldi.
1991 yilda “Urbanizatsiya sharoitida islom dini” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
1991 — 1993 yillarda Namangan davlat pedagogika institutida (hozirgi NamDU) katta o‘qituvchi bo‘lib ishladi.
1993 yildan Namangan sanoat - texnologiya instituti (hozirgi NamMPI) O‘zbekiston tarixi kafedrasida katta o‘qituvchi, 1995 yildan esa dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
1998 yildan mazkur kafedra mudiri, 2000 yildan boshlab esa O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
A. Mirzahmedov 1998 yil dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Olim 40 dan ortiq ilmiy, ilmiy - uslubiy maqolalar muallifidir. U
ayni chog‘da “Bag‘rikenglik madaniyati — diniy ekstremizmni bartaraf etish omili” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy - tadqiqot olib bormoqda.