Fizika - matematika fanlari doktori, professor
1941 yil 22 fevralda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tavallud topgan. 1957 yili o‘rta maktabni bitirib, Farg‘ona davlat pedagogika institutining fizika – matematika fakultetiga o‘qishga kirdi va 1962 yili imtiyozli diplom bilan bitirdi.
1962 - 1967 yillari O‘zbekiston FA fizika - texnika ilmiy - tekshirish instituti aspiranturasida o‘qidi.1970 yili “Qisqa zonali yarim o‘tkazgich elementlarida anomal yuqori kuchlanishning vujudga kelishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1979 yili Vilnyusda “Yupqa yarim o‘tkazgich elementlarida anomal fotokuchlanishning vujudga kelishi va u4lar asosida optoelektron qurilmalar yaratishning printsipial asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 1981 yilda professor unvonini oldi.
1982 yildan Farg‘ona politexnika institutida fakultet dekani, so‘ngra kechki va sirtqi bo‘lim bo‘yicha prorektor, 1989 yildan esa ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor bulib ishladi. 1991 - 2001 yillarda Farg‘ona davlat universitetining ilmiy ishlar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha prorektori, 2001 - 2010 yillarda Far DU qoshida Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida dekan lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi.
T. Mirzamahmudov rahbarligida yaratilgan ilmiy asbob - uskunalar Xitoy, Polsha, Chexoslovakiya, Ruminiya, Misr kabi qator davlatlarda namoyish etilgan.
U 250 ga yaqin ilmiy ishlar, 4 ta monografiya, shuningdek, 14 ta avtorlik guvohnomalari muallifidir. Uning rahbarligida 6 kishi fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan.