Fizika - matematika fanlari nomzodi, Dotsent
1951 yil 25 aprelda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanining To‘qsonqovun qishlog‘ida tug‘ilgan. 1968 yili Farg‘ona davlat pedagogika institutining fizika fakultetiga o‘qishga kirdi. 1973 yilda uni imtiyozli diplom bilan tamomlab, fizika o‘qituvchisi mutaxassisligini olgan.A.Mirzaqulov mehnat faoliyatini 1973 yildan Farg‘ona davlat pedagogika institutining fizika kafedrasida kichik ilmiy xodim lavozimida boshlagan. 1977 yil mart oyida fizika kafedrasi o‘qituvchisi lavozimiga tanlov asosida o‘tkazildi.1977 yil dekabrda O‘zFA qoshidagi Fizika-texnika institutiga aspiranturaga o‘qishga qabul qilindi. 1980 yili aspiranturani tamomlagandan so‘ng katta muhandis lavozimida ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirdi.
1983 - 1986 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika institutining nazariy fizika kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishladi. 1986 yili informatika va hisoblash texnikasi kafedrasiga katta o‘qituvchi lavozimiga o‘tkazildi. 1991 yilda “ Tenzosezgir yarim o‘tkazgichli yupqa pardalarning elektrofizik huuiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini Turkmaniston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Fizika - texnika institutida muvaffaqiyatli himoya qildi.
1993 - 2004 yillarda informatika va hisoblash texnikasi kafedrasi mudiri, 2004 yildan hozirgi kunga qadar amaliy matematika va informatika kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
A.Mirzaqulov 10 dan ortiq o‘quv - uslubiy qo‘llanma, 50 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifidir.