Tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor
1934 yil 10 aprelda Marg‘ilon shahrida tug‘ildi. 1952 yili o‘rta maktabni tugatib, Toshkent davlat tibbiyot institutining pediatriya fakultetiga o‘qishga kirdi. 1958 yili institutni imtiyozli diplom bilan tugatgach, Marg‘ilon shahridagi ipak kombinati qoshida ochilgan tibbiy - sanitariya qismida hududiy pediatr lavozimida mehnat faoliyatini boshladi, so‘ngra bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishladi. 1958 - 1961 yillar davomida bolalar orasida sog‘lomlashtirish, kasalliklarni kamaytirish, endigina kiritila boshlagan emlash ishlarining yangi texnologiyalarini amalga oshirish, yosh onalar maktabini tashkil qilishda jonkuyarlik ko‘rsatdi.
1961 - 1964 yillari Toshkent davlat tibbiyot instituti bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasida professor X. A. Yunusova rahbarligida aspiranturada o‘qidi va muddatidan ilgari “Bolalardagi Botkin kasalligida tuzsuv, modda almashinuvining buzilishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Yosh mutaxassis sifatida 1964 yili O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi yo‘llanmasiga asosan, Andijon davlat tibbiyot institutiga ishga yuborildi. 1964 - 1967 yillari institutning yuqumli kasalliklari va epidemiologiya kafedrasida assistent, 1968 yildan dotsent lavozimlarida mehnat qildi. 1966 - 1968 yillarda davolash fakulteti dekani muovini lavozimida ishladi. 1969 - 1971 yillari doktorlik dissertatsiyasini ustida ishladi va 1971 yili “Bolalarda tuberkulyoz, revmatizm va surunkali tonzillit zaminida kechayotgan virusli gepatitlarnin klinik laborator xususiyatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyat bilan himoya qildi.
1972 yili Andijon davlat tibbiyot instituti davlash fakultetining dekani lavozimiga tayinlandi hamda o‘sha yili tashkil topgan yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasiga mudir etib tayinlandi. 1972 yili professor unvonini oldi.
Respublikamizning yirik olimlaridan bo‘lgan K. Mirzayev Farg‘ona vodiysi shahar va qishloqlarida ko‘plab yuqumli kasalliklarni. Shu jumladan , bo‘g‘ma, qizamiq, poliomielit va boshqalarni keskin kamaytirish, kelib chiqishining oldini olish borasida faol tashkilotchilik ishlari olib bordi. U yuqori malakali mutaxassis sifatida bemorlarni davolash va yuqumli kasalliklarning oldini olish borasida faol tashkilotchilik ishlari olib bordi. U yuqori malakali mutaxassis sifatida bemorlarni davolash va kasalliklarining oldini olish bo‘yicha aholiga va shifokorlarga doimo yaqindan yordam ko‘rsatib keldi.
K. Mirzayev birinchilardan bo‘lib virusli gepatitlar bilan kasallangan tuberkulyoz bemorlarni parhez taomlar bilan ovqatlantirishdagi yangi zamonaviy usullar,ftivazid va streptomitsin bilan davolashning samaradorligini isbotlab berdi.