O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mirzayev Ulug‘bek Burxonovich

Mirzayev UlugbekBiologiya fanlari nomzodi

    1972 yil 15 dekabrda Farg‘ona viloyati Toshloq tumani Mehnat obod qishlog‘ida tug‘ilgan. 1991 yili Farg‘ona davlat universitetning  agrokimyo va tuproqshunoslik yo‘nalishiga  o‘qishga kirdi. 1996 yilda o‘qishni tamomlagandan so‘ng kafedraga  ishga taklif etild. 1996 - 1998 yillarda kafedrada  o‘quv –laboratoriya mudiri, 1998 - 1999  yilda shogird - tadqiqotchi, 1992 - 2002  yillarda  kunduzgi bo‘lim  aspiranti, 2002 yildan  o‘qituvchi, 2010 yilning dekabr  oyidan katta o‘qituvchi, 2014 yildan  kafedra  dotsenti  lavozimlarida  faoliyat  ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, 2013 - 2014 o‘quv  yili  ikkinchi yarmida  tuproqshunoslik  kafedrasi  mudiri vazifasini  bajaruvchi  lavozimida ishladi.
    U. Mirzayev ilmiy sohada ham samarali izlanishlar olib bordi. U ”Isfayram Shohimardonsoy konus yoyilmalaridagi  arziqli  tuproq   xossalarining antropogen omil  tasirida  o‘zgarishi”mavzusidagi  dissertatsiya ishini  2009  yilning 11 noyabrida  Tuproqshunoslik va agrokimyo  ilmiy - tadqiqot davlat instituti  huzuridagi  ixtisoslashgan  Kengashda muvaffaqiyatli himoya qildi.
     U. Mirzayev tomonidan respublika va xalqaro  miqyosdagi  anjumanlarda 20 ga  yaqin ilmiy maqola chop ettirdi. Kafedra professori  V. Isaqov bilan birgalikda  “Markaziy Farg‘onada shakllangan  arziqli  tuproqlarning xossalari va ularning inson omili tasirida o‘zgarishi” mavzusidagi  monografiyasi 2009 yilda “Fan” nashriyoti  tomonidan nashr etilgan.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5