O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mirzayeva Dilorom

Mirzaeva  Dilorom     Sher yozish, o‘qishning o‘zi tasirli holat. Odam  bunday lahzalarda yerdan  baland  ko‘tariladi. Ikki yelkasida qanot o‘sgandek bo‘ladi.
    She’rni tahlil qilish, tadqiq qilish ham adabiyotga butun qalbi bilan bog‘langan inson uchun ana shunga yaqin holat. She’rning, yaxshi she’rning sehri, jozibasi bor. Shuning uchun uning tadqiqotchisi, she’r borasida olimlikka da’vogar inson ham tahlil chog‘ida sovuqqon bo‘la olmaydi.
    Samarqandlik olima, filologiya fanlari nomzodi Dilorom Mirzaeva bunday hissiyotlarni qalbidan ko‘p bora kechirgan ayol.
    U 1957 yilda Samarqand shahrida shifokor Juman Mirzaev va o‘qituvchi Matluba Rahmatullaevalar oilasida dunyoga keldi.
    Dilorom Mirzaevaning otasi Juman Mirzaev viloyatning Urgut tumani tibbiyotiga tamal toshini qo‘ygan in- sonlardan biri. Ular uzoq yillar Urgut tumani birlashgan shifoxonasining bosh shifokori bo‘lib ishlagan. 1993 yil, ya’ni u kishining vafotidan so‘ng shifoxonaga Juman Mirzaev nomi berilgan edi.
    Diloromlar oilada olti nafar farzand birga o‘sib - ulg‘ayishdi.
    Ota - onamiz o‘z vaqtida biziiig yaxshi o‘qishimiz uchun barcha shart - sharoitlarni yaratib berganlar. Bugun hayotda har birimiz qanday muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsak, bunda ularning juda katta xizmatlari bor, - deya ota - onalarini minnatdorlik bilan eslaydi Dilorom.
    U 1974 yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatdi va shu yili Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirdi.
    Talabaligida tengdoshlari Diloromga havas qilishardi.
    A’lo o‘qishga ham, universitetning jamoat ishlarida faol ishtirok etishga ham ulguradi. Oliygohimiz faxri, - deya yonida ham, orqavarotdan ham hurmat bilan gapirishar edi.
    Dilorom talabalar ilmiy jamiyatining a’zosi sifatida 1975 yilda respublika miqyosidagi talabalar olimpiadasida ishtirok etdi va faxrli birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
    1979 yilda Dilorom Jumanovna universitetni imtiyozli diplom bilan tugatdi va ish faoliyatini (sobiq) Samarqand xotin - qizlar bilim yurtida boshladi. Yoshlar qalbida o‘ziga xos qiziqarli yo‘sinda o‘tgan darslari bilan adabiyotga mehr uyg‘otdi. Dilorom Jumanovnaning ilk o‘quvchilari orasida she’riyatga havasmandlar, she’r mashq qiluvchilar ko‘paydi. Dilorom Jumanovna dars berish barobarida ilmiy izlanishlarini ham boshlab yubordi. U o‘zi o‘qigan qadrdon dargohning o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining tillar kafedrasida ham dars berdi. Yillar uning fidoyi mehnatiga katta o‘qituvchi, dotsent kabi unvonlar hadya etdi.
    Dilorom Jumanovna amaliyot bilan baravar O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy (sobiq Pushkin) nomidagi ilmiy tekshirish instituti aspiranturasida sirtdan tahsil oldi. Bu yillarda ilmga butun vujudi bilan sho‘ng‘idi.
    1994 yilda “Hozirgi o‘zbek lirik she’riyatida badiiy tafsil” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Himoyagacha va himoyadan so‘ng shu mavzuga oid o‘nlab ishlanma, risolalar chop ettirdi. Olimaning tadqiqot, ilmiy xulosalari berilgan bu ishlanma va risolalar shu yo‘nalishda ilm olayotgan talabalar uchun qo‘llanma vazifasini bajaradi.
    1997 yilda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshida 2 - akademik litsey tashkil bo‘ldi. Dilorom Jumanovna ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini ta’minlash, o‘qituvchi va o‘quvchilarni zarur qo‘llanmalar bilan ta’minlash kabi ma’rifiy jarayonlarning faol ishtirokchisi bo‘ldi.
    2002 yilda olima Kadrlar tayyorlash milliy dasturining faol ijrochisi sifatida “O‘rta maxsus kasb - hunar ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
    2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi maxsus kursida o‘qib, sertifikatga ega bo‘ldi.
    Qanday vazifani bajarmasin, uning asosiy ish ob’ekti bolalar, o‘quvchilar edi. U asosiy bilim va kuchini yosh avlodning ta’lim - tarbiyasiga bag‘ishlagan edi.
    Shuning uchun 2009 yilda uni Samarqand shahridagi 10 - maktabga direktor etib tayinlashdi.
    Dilorom Mirzaeva uchun hayotda hamma ish, ayol, inson zimmasidagi barcha mas’uliyat biri-biridan muhim edi.
    Shuning uchun u farzandlar tarbiyasi ham katta ahamiyat berdi.
    Katta o‘g‘li Ulug‘bek - xususiy firmada hisobchi, Mo‘minjon - harbiy. Nafisaxon, Nilufarxon kelinlari ham turmush o‘rtoqlari qabatida. Farzandlar Dilorom voyaga olti nafar nabira padya etishdi.
    Dilorom Mirzaeva Samarqand shahrining “Furqat” mahallasi faollaridan. “Ota - onalar universiteti” rahbari sifatida ma’naviy mavzularda tez - tez suhbatlar o‘tkazadi.
    Shogirdlar, farzandlar, nabiralar, mahalladoshlar... Dilorom Mirzaeva hamisha ulardan hayot harorati va yashash uchun kuch oladi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80