O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mo‘minov Asqar

Mo‘minov Asqar    Asqar Mo‘minov 1961 Yili Jizzax viloyatining Zomin tumanida tavallud topdi. Padari buzrukvori Ubaydulla ota o‘rta maktabda o‘qituvchi bo‘lib, 8 nafar farzandini ham ma’rifatli bo‘lishi uchun nima kerak bo‘lsa, muhayyo qildi. Onasi Basbuvi ayaning ko‘ngilchanligi bilan otaning talabchanligi uyg‘unlashib, oilada sokin iqlim barqaror bo‘lgan. Asqar Mo‘minov ana shunday yoqimli muhitda voya ga yetdi. Akalari: Urozboy va Asatillolar nufuzli hamda mas’ul vazifalarda ishlab, el e’tirofiga sazovor bo‘lishdi... Asqar ham 1978 yili 24 - o‘rta maktabni tutatgach, Toshkent davlat tibbiyot institutiga 2 - davolap1 fakultetiga o‘qishga kirdi. 1986 yili oliygohni muvaffatsiyatli yakunladi. So‘ng Jizzax viloyatidagi 1 - shifoxonada Ichki kasalliklar yo‘nalishi bo‘yicha ordinaturani o‘tadi va terapevt mutaxassisligiga ega bo‘ldi. Mehnat faoliyatini dastlab, Zomin tumanining Markaziy shifoxonasida shifokor lavozimidan boshladi (1987 - 1999 yy.) . Keyinchalik tumandagi 5 – Tibbiy - mehnat ekspertiza komissiyasi, Jizzax viloyati Markaziy TMEK raisi (2005 - 2007 yy.), Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika tibbiy - mehnat ekspertiza inspektsiyasi boshlig‘i (2007 - 2009 yy.) bo‘lib ishladi. 2009 yildan buyon esa Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy Markazining Bosh shifokori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xa tibbiyot insonni davolash emas uni mukammal o‘rganib borish sa’nati hamdir. Uning yuqori saviyadagi tashkilotchilik qobiliyati natijasida Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan grant orqali 2010 yili jami 59 turdagi (5, 0 mln. AQSh dollari qiymatida) zamonaviy tibbiy asbob - uskunalar Markazga berilib, uning moddiy texnika bazasi mustahkamlandi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kompleks reabilitatsiya qilish, sifatli reabilitatsiya xizmatini ko‘rsatish bilan ularni jamiyatga uyg‘unlashuvlarini ta’minlash maqsadida A. Mo‘minov rahbarligida Markazning ko‘plab shifokorlari Yaponiya, Xptoy, J. Koreya, AQSh, Germaniya, Angliya, Avstriya, Italiya, Ispaniya, Isroil, Shveytsariya, MDH davlatlaridagi (RF, Ukraina, Belarus Respublikasi, Ozarbayjon, Latviya va h.) nufuzli klinikalarda malaka oshirdilar hamda nogironlik masalalariga doyr dolzarb mavzularga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etdilar. Malakali shifokor Askar Ubaydullayevich 2010 yilning 20 - 21 may kunlari Minsk shaxrida bo‘lib o‘tgan “Tibbiy ekspertiza, bemor va nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning dol¬zarb masalalari” mavzuyidagi xalqaro ilmiy - amaliy konferentsiya ishida, “Alohida ehtiyojmand bolalar uchun eksklyuziv ta’lim” loyihasi doirasida Myunxen (Germaniya), Zaltsburg (Avstriya), Verona (Italiya) shaharlariga uyushtirilgan (2014 y.) o‘quv tajriba almashuv safarida, O‘zbekistonlik delegatsiya tarkibida ishtirok etdi. Shuningdek, J. Koreyaning Cheongju tibbiyot markazida (2015 Y.) o‘tkazilgan “O‘zbekiston (Toshkent) — Koreya oyoq va bo‘g‘im kasalliklari, 2015 yil o‘quv anjumaniga qatnashib, maxsus sertifikatga ega bo‘ldi. Tajribali rahbarning mohir tashkilotchiligi tufayli keyingi 5 yil davomida Markazning nufuzi ortib, respublikaning barcha hududlaridan keladigan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy - ijtimoiy reabilitatsiya xizmatining ko‘lami 3 ming nafardan 5 yarim ming nafarga kengaydi. Bugungi kunda, Markazda amalga oshirilayotgan harakatlar strategiyasi chora - tadbirlari doirasida, bemor - nogironlar, ularning oila a’zolari va yaqinlari uchun muloqot davra uchrashuvlari rejali ravishda utkazilmoqda, har bir klinik bo‘limga “Tashakkur, E’tiroz, Taklif” deb nomlangan xat qutilari, ishonch telefoni o‘rnatilib, bemorlarning erkin fikr bildirishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, Markazning “www.Tiklanish.uz” veb - sayti orqali keng ommaga mo‘ljallangan tibbiy - ijtimoiy ma’lumotlar berib borilmoqda.
    Asqar aka rafiqasi Xadichaxon (shifokor) bilan farzandlari: Sherzod (iqtisodchi), Komila (o‘qituvchi), Bekzod (shifokor), Gulandom (o‘quvchi) larni tarbiyalab, kamolga yetkazishgan. Ular har tomonlama el oldida yuzi yorug‘ va to‘kis insonlar ekanliklari bilan ehtiromga loyiqdirlar.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5