Respublikada jug‘rofiya fanini o‘qitish bo‘yicha yagona professor
Mir-Ortik Mo‘minov 1924 yili Toshkent shahrida tavallud topdi. Ikkinchi jahon urushining og‘ir yillarida ota - onasi, opa - ukalarini ham ma’naviy, ham moddiy tomondan ta’minlash uchun Tosh¬kent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining qutov tsexida mehnat qildi.
Keyinchalik Toshkent pedagogika universitetining kechki fakultetida ta’lim olib, umrining oxirigacha maktab, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim faoliyat yuritgan.
Mir-Ortik Abdullo o‘g‘li jug‘rofiya fanidan mutaxassis bo‘lib, Respublikada jug‘rofiya fanini o‘qitish bo‘ytish yagona professor edi...
Olim o‘rta maktabning to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi sinflari uchun yozilgan darsliklar hamda o‘ndan oshiq ommabop kitoblar muallifidir. U tarixni, ma’naviyatni sevgan va o‘zbek qadriyatlarini e’zozlagan inson bo‘lgan.
Mo‘minov Mir-Ortits Abdullo o‘g‘li shajaralar va sulolalar tarixini tushuntirishga undar edi. Olimning izlanishlaridan bir parchasini e’tiboringizga havola etamiz: ...Quyida uning Mirlar sulolalari haqidagi fikr - mulohazalari keltirilgan:
“Mir” - bu, ijtimoiy tabaqalarning biridir. O‘zbeklar orasida Mir, Xo‘ja, Said va To‘ralar kabi tabatsalar mavjud. Ba’zi taba- qalar ichida Xo‘ja ulug‘ imtiyozli tabaka deg‘an tushunchalar ham bor, professor Yahyo G‘ulomovning fikricha, tabaqalarning yetakchisi bu “Mir»”lar. “Mir” Ielom tarkalmaspdan ilgari hukmdorlarga nieba- tan “janob” ma’nosida ishlatilgan.
XVI asrga qadar yuksak bilimli va hurmatg‘a ega kishilar ismiga “Mir” qo‘shish urf bo‘lgan, hatto hokimlarga ham “Mir” deb murojaat qilingan. Hozir ajnabiy mamlakatlardagi yirik shaharlarni Nyu-York, Parij, London hokimlarini ham “Mir”, ya’ni “Mor” deb atashadi. Qadimgi yirik odamlar ismini oldiga “Mir” qo‘shishgan, ya’ni Mir Said Baraka, Mir Alisher Naioiy va hokazo.
Mir Said Baraka haqida to‘xtab o‘tishga to‘g‘ri keladi. Mir Said Baraka Amir Temurning piri hisoblangan. Amir Temur o‘z vasiyatida mening boshimni Mir Said Barakaning oyoq tomoniga qo‘yinglar, degan. Mir Said Baraka Amir Temur dan oldin vafot etadi va Afg‘onistonda dafn etiladi. Amir Temur vafot etgandan so‘ng uning jasadi hozirgi Go‘ri Amirga, Samarqandning markaziga qo‘yiladi.
Keyinchalik Mir Said Barakaning oyog‘i tomonida Amir Temurni boshi bo‘lishi kerak edi. Buni amalga oshirish uchun Mir Said Barakaning hoki Afg‘onistondan olib kelinib, Amir Temurning bosh tomoniga dafn etiladi. Bu maqbara “Go‘ri Mir” - Mirning qabri deb ataladi. “Mir” ulug‘ bo‘lganlig‘i uchun “Go‘ri Mir” deb ataladi...
Mir-Ortiq Abdullo o‘g‘li O‘zbekiston televideniyasida Olamga sayohat ko‘rsatuvini tashkil etib, uzoq yillar ushbu ko‘rsatuvni boshqargan. Mir Ortiq Abdullo o‘g‘lining ta’riflashicha, uning sulolalari quyidagicha bo‘lgan: Miryunus, Mira’zam, Mirhayit, Miraziz, Mirmo‘min va Mirabdullodir. Uning “Turfa olam” nomli kitobi o‘zbek oilalari kutubxonalaridagi javonlardan o‘rin olgan.
Zakiy tarixchi, olim - oltita farzandning otasi, 15 nabira va 22 abiraning bobosi bo‘lgan. Uning yozgan ilmiy va ommobop kitoblarining namunalari Toshkent Davlat pedagogika univesitetining kutubxonasida alohida javonlarda saqlanmoqda.
Mir - Ortiq Abdullo o‘g‘li 2004 yilda 80 yoshida vafot etgan. Olimning yorqin xotirasi dillarda abadiy saqlanadi