O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mo‘minov Ne’matilla

Mo‘minov Ne’matillaTexnika fanlari doktori, professor

    Ko‘hna Toshkent. Eski shahar bozori. Non kartoshkaga tarqatiladi. Otasi Mirabdulla ota (kosib bo‘lgan) erta qazo qilganligi sabab Ne’matilla jiyani Botirjon bilan onasiga ko‘makchi. Eskishaharda qassobchilik qiladigan qo‘shnilariga tog‘orada go‘sht tashiydi. To‘qqiz bolani oyoqga turg‘azish uchun juda og‘ir kunlarni boshidan kechirgan Umrixonaya, ayniqsa, Ne’matillaning maktabda a’lo baholarga o‘qiyottanini bilib suyunar, “Shu bolam katta odam bo‘lsin”, - deb tunu kun Yaratgandan iltijolar qilardi... 1940 yil 1 martdaToshkentda tug‘ilib voyaga yetgan Ne’matilla maktabni oltin medal bilan tugatib, Toshkent davlat texnika institutiga o‘qishga kirdi. O‘qishni tugatib, Toshkent ekskavator zavodida muhandis - konstruktor bo‘lib ishladi. 1963 yilda UzRFAsining hisoblash markazli Me¬xanika institutida stajer – tadqiqotchi lavozimida faoliyat yuritdi. Zavodda yaratgan detali bilan Ne’matilla Mo‘minov nomi dunyoga mashhur akademik Vosil Qobulovning nazariga tushdi. Bevosita kishining maslahati va ko‘magi bilan dastlab, 1963 - 1965 yillarda Moskva stanokasbobsozlik institutining “Mashinasozlik texnolo¬giyasi” kafedrasida stajyor - tadqiqotchi, 1965 - 1968 yillar mazkur kafedra aspiranti bo‘ldi. 1968 yildan texnika fanlari nomzodi, 1983 yildan texnika fanlari doktori (dissertatsiyalarini Moskva shahrida himoya qildi) ilmiy darajalarini olishga sazovor bo‘ldi. Toshkentga qaytgach, Ne’matillaMo‘minov 1968 yildan boshlab O‘zRFAsining hisoblash markazli Kibernetika institutida ilmiy kotibligidan direktori lavozimigacha ko‘tarildi. Kibernetika ins¬titutida “adaptav boshqaruv”. 1974 - 1979yy. “Imitatsion modellash – tirish” guruxiga rahbar, 1980 - 1994yy “Epchil ishlab chiqarishni boshqarish va modellashtirish” sektori mudiri, 1994 – 1997 yil Davlat ilmiy - texnika axborot fondida direktor, 1997 - 1998yy Toshkent avtomobil yo‘llar institutida Xalqaro munosabatlar va kadrlarni qayta tayyorlash Boshqarmasi rahbari bo‘lib ishladi. 1999 – 2000 yy Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasidagi o‘quv - metodik markazining direktori, 2001 - 2010 yy. Toshkent axborat – texnologiyalari univereitetida ma’naviy – marifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, 2010 - 2016 yy Toshkent texnika universitetida professorlik lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2000 yildan boshlab “Ijtimoiy fikr” markazida bo‘lim boshlig‘I lavozimida ishlab kelmoqda. Professorning 300 dan ortiq ilmiy ish, jumladan 35 ta monog¬rafiya, 57 ta kitob, 19 ta risola, 2 ta patent, 6 ta ixtiro, 56 ta komusiymaqola, 32 ta ma’ruza matni, bundan tashqari, 150 tadan ortiq ommabop maqolalar chop etilgan. Uning rahbarligida 31tadan ortiq nomzodlik va 11 tadan ortiq doktorlik dissertatsiyasi himoya etilgan. Mo‘minov N. A. Tomonidan respublikada mashinasozlikdagi ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonlarini boshqarish, avtomatlashtirish tizim va usullarining o‘ziga xos maktabi yaratilgan. Nazariy tadqiqotlar natijalari mustaqil Davlatlar Hamkorligi (MDH) va respublikamiz korxonalarida joriy etilgan (Toshkent traktor zavodi, Toshkent kompressor zavodi, “Tashselmash”, “Geologorazvedka”, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent to‘qimachilik mashinosozligi, Toshkent tajriba zavodi, Kuybishev “Koordinat teshik yo‘pish stanoklari”, Moskva “Metall kesish stanoklari” zavodi, “Texnolog” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va shu kabilar.) Ne’matilla Mo‘minovning tashabbusi bilan respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan turli oliy dargohlarda “O‘z - o‘zini sozlovchi stanoklar”, “Kibernetikaning falsafiy masalalari”,  jumladan, Toshkent davlat texnika univereitetida “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” deb nomlangan maxsus dasturlar necha o‘nyillardan beri o‘qitib kelinmoqda. N. A. Mo‘minov Respublika “Informatika va hisoblash texnikasi” jamiyati prezidenti, Res¬publika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Atamashunoslik qo‘mitasi” texnika fanlar bo‘limining rahbari vazifalarini bajargan. Professor yaratgan ilm yo‘llari hali minglab ilmkorlarga saboq bo‘lishi shubhasiz! Ne’mat akaning umryo‘ldoshi Lola Mo‘minova pedagogika fanlari doktori, professor, “Lola Muminova” nomli nodavlat maktabgacha muassasasini tashkil etgan va “Defektolog” assosiatsiyasining direktori. Davronbek (Uztelekomda muhandis), Mirabzal (“Belayn”da muhandis) dek o‘g‘illarni va 6 nabirani berganigaTangriga shukrona keltiradilar.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5