O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mo‘minova Gulnoza

    Olima, pedagog, siyosat  fanlari nomzodi, ko‘pgina  kitoblar, monografiyalar, risolalar muallifi. Gulnoza  Mo‘minovaning kulib  turgan navqiron  va go‘zal  chehrasiga  boqib , yoshgina ayolning shunday katta  yutuqlarni  qo‘lga  kiritganiga  ishongiz kelmaydi. O‘ZMU ning tarix fakultetini  tugatgan yosh mutaxassis o‘z ish faoliyatini  1998 yili JIDUdan boshladi. Ilm pillapoyalaridan dadil  ko‘tarilib  boryotgan olima  hozirda  Xalqaro  munosabatlar kafedrasi dotsenti. Hatto “Jahon siyosat olamida” deb nomlangan  darslik  chop etishga  ham  ulgurdi. Siyosiy  fanlardan talabalarga dars berish  bilan birga, ularga  yaqin  do‘st va maslahatchi  bo‘lishga  harakat qiladi. Shuning uchun ham  bu tinib - tinchimas, bilimli pedagogni hamisha tabalar qurshovida ko‘rish mumkin. 
    Gulnoza  bolalikdan ilmga  chanqoq, barcha  narsaga  qiziquvchan , ziyrakkina qiz bo‘lib  voyaga yetdi. Yaxshi  o‘qish bilan birga  sanatga, sportga qiziqdi, jamoat ishlarida faol o‘quvchi bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘i  Akbarjon  bilan  birgalikda, farzandlari Abdujabbor va Malikaxonga o‘rnak  bo‘lishga, o‘sha  oilaviy  ananani davom  ettirishga intildi. Ilmdagi  erishgan  muvaffaqiyatlarida  Gulnozaxon  oilasining  o‘rni  katta  deb biladi. Ishdan  bo‘sh paytlarida  uy yumushlari   bilan  shug‘ullanishni , turli liboslar  dizaynini   yaratishni,  raqsga  tushishni yoqtiradi. Do‘stlar  davrasidagi  quvnoq damlarni qadrlaydi.       



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5