O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Muhamedjanova Lalixon Ashuraliyevna

    O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Etika va estetika” kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Muhamedjonova Lalixon Ashuraliyevnani nafakat mahoratli pedagog, ilmiy salohiyati yukori olima, balki ko‘p yillardan buyon xotin - qizlar masalalari bilan shug‘ullanib kelayotgan qobiliyagli tashkilotchi, qalbi olov, tashabbuskor, faol ayol sifatida tanishadi, xizmatlari uchun hurmat qilishadi, havas qilishadi. U deyarli 35 yildan buyon xotin - qizlar masalalari bilan shug‘ullanib keladi. Uzbekiston televideniesidagi “Iqbol” qizlar konkursining tashkilotchisi bo‘lgan, ayollar haqidagi maqolalari, fikrlari bilan respublika matbuotlarida, jumladan “Saodat” jurnalida, radio eshittirishlarda muntazam qatnashib keladi. Lalixon Muhamedjonova universitet Olima ayollar uyushmasi raisi sifatida O‘zMU olima ayollarini ushbu to‘plamga jalb etishda yuqori salohiyatdagi tashkilotchiligini yana bir karra namoyon etdi. Shuni ta’kidlash kerakki, Lalixon Ashuralievna 1999 yildan buyon universitet xotin - qizlar qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. O‘zMUda deyarli 26 yildan buyon faoliyat ko‘rsatadi. Muhamedjanova Lalixon Ashuragshevna ish faoliyagi davomida o‘zining serg‘ayratligi, xushmuomalaligi, mehnatsevarligi, o‘ziga berilgan vazifalarni mas’uliyat bilan ado etishi, o‘z bilim darajasini o‘stirish ustida doimiy izlanadigan va boshqa ijobiy fazilatlari bilan hamkasblari o‘rtasida ajralib turadi.
    Dotsent Lalixon Muhamedjanova dars beradigan Huquqshunoslik, Iqtisodiyot hamda Falsafa fakultetlarida oxirgi 5 yil davomida talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra, mahoratli va namunali o‘qituvchi sifatida eng yuqori reytingga ega bo‘lib kelmoqda.
    80 dan ortiq ilmiy - uslubiy ishlar muallifi, shu jumladan, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 5 ta o‘quv dasturi muallifi, 5 ta respublika miqyosidagi ilmiy - amaliy anjuman tashkilotchilaridan biri.
    “Ma’rifatparvar shoiralar - Dilshod Barno va Anbar Otinning axloqiy qarashlari” mavzusidagi – “Etika” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiyani himoya qildi va falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Lalixon Muhamedjanova tomonidan 2 ta “Notiqlik san’ati” hamda “Jadid mutafakkirlarining axloqiy estetik qarashlari” fanidan uslubiy qo‘llanmalar chop etildi. 2012 - 2013 o‘quv yilida magistratura yo‘nalishi uchun “Ma’naviyatning axloqiy asoslari”, “Etiket” o‘quv qo‘llanmalari, hammualliflikda huquqshunoslik kollej talabalari uchun “Kasb etikasi” o‘kuv qo‘llanmasi, 2013 - 2014 o‘quv yilida “Davlat xizmatchisi etikasi va imiji” o‘quv qo‘llanmasi, “Amaliy etika” uslubiy ko‘llanmasi chop etildi. 2009 - 2010 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarini o‘qitish bo‘yicha chon etilgan o‘quv - uslubiy qo‘llanma ijodiy guruh a’zosi.
    Kafedranining yetakchi o‘qituvchisi hisoblangan Muhamedjanova Lalixon Ashuraliyevna barcha ma’ruzalarini yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib boradi. Bugungi kungacha olima tomonidan tayyorlangan akademik ma’ruzaning elektron variantlari chiqarildi. Dotsent Muhamedjanova tomonidan “Etika”, “Notiqlik san’ati”, “Etiket”, “Etika va estetika fanlarini o‘qitish metodikasi”, “Amaliy etika”, “Davlat xizmatchisi etiketi va imidji” fanlarining namunaviy, ishchi dasturlari, o‘quv - uslubiy qo‘llanmalari va barcha me’yoriy hujjatlari tayyorlangan va kafedra tomonidan qo‘llanilib kelinmoqda.
    2000 yildan 2006 yilgacha unversitet inson hukuqlarini himoya qiluvchi “OMBUDSMAN” vakili lavozimida ham faoliyat olib borgan. 1999 yildan boshlab, upiversitet kengashi hamda Falsafa fakultetiiing kengashi a’zosi. Resnublika “Olima ayollar” uyushmasi rayosati a’zosi, Toshkent shahar xotin - qizlar qo‘mitasi plenumi a’zosi, Olmazor tumani xotin-qizlar qo‘mitasi rayosati va plenumi a’zosi, tuman “Olima ayollar” uyushmasi raisi. U jamoatchi ayol sifatida Respublika xotin  - qizlar qo‘mitasi taklifiga biioan joylarda o‘tkaziladigan ilmiy - amaliy tadbirlarda, Respublika “Olima ayollar” uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan ilmiy- amaliy konferentsiyalarda o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan muntazam ravishda qatnashib kelmoqda.
    Dotsent Muhamedjanova Lalixon Ashuralievna “Oliy ta’lim a’lochisi”, “Xalq ta’limi a’lochisi”, shuningdek “Mustaqillikning 20 yilligi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan. Respublika xotin - qizlar qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimiyati va xotin - qizlar qo‘mitasi, Olmazor tumani hokimiyati va xotin-qizlar qo‘mitasi faxriy yorliqlari bilan ham taqdirlangan.
    Lalixon Muhamedjanova universitet va fakultet jamoasi o‘rtasida hurmatga sazovor insondir. U o‘zining qat’iyatliligi, halolligi va talabchanligi bilan ajralib turadi. Faylasuf olima va tajribali o‘qituvchi sifatida yosh avlodni vatanimiz kelajagi uchun xizmat qilish ruhida tarbiyalashga munosib hissa ko‘shib kelmoqda.
    Lalixon oilali, uch nafar farzandi, to‘rt nafar nabirasi bor.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80