Biologiya fanlari doktori, professor
1939 yil 23 aprelda Farg‘ona shahrida tavallud topgan.
Biologiya fanlari doktori (1990) , O‘zbekiston Respublikasi xalq talimi alochisi (1991) professor(1993) , Farg‘ona davlat universitetida xizmat ko‘rsatgan professor (1996) unvonlari sohibi. 1961 yili Farg‘ona davlat pedagogika institutining biologiya - kimyo fakultetini tugatgan. Tojikisiton va O‘zbekiston FA Zoologiya institutlari aspiranti (1961 - 1964) , kichik ilmiy xodim (1964 - 1965) lavozimlarida mehnat faoliyatini boshlagan.
1965 yildan Farg‘ona davlat pedagogika instituti fiziologiya kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi , (1969,1978, 1989 yillarda) ; tibbiyot fakulteti dekani (1973 - 1976) ; katta ilmiy xodim (1976 - 1978); zoologiya, umumiy va regional biologiya kafedralari mudiri(1979 - 1989, 1991 - 2000) , professori (2000), O‘zbekiston zoologiya jamiyati Farg‘ona bo‘limining raisi (1994 yildan) vazifalarida ishlagan.
AK.Muhammedievning ilmiy tadqiqotlari entomologiya va o‘simliklarni himoya qilishning dolzarb muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Farg‘ona vodiysida shiralarni keng qamrovli va rejali tadqiq etish 1960 yillar boshida domlaning tashabbusi bilan Farg‘ona davlat universiteti zoologiya kafedrasida boshlangan. O‘tkazilgan tadqiqotlar davomida, dastlab, vodiyda bu hashoratlarning 166 turi uchrashi aniqlandi, ularning bir nechtasi yangi turlar sifatida tasniflanadi; fan uchun shiralarning yangi urug‘i kashf etildi; qator turlarning ilgari malum bo‘lmagan morfalari topildi; eng havfli asosiy zarakundalari tavsiflandi Keyinchalik A.Muhammadievning “Sharqiy O‘rta Osiyo shiralari (Homoptera ,Aphidinea)” mavzusida olib borgan izlanishlari qator nazariy va amaliy xulosalar chiqarishga imkon berdi. Jumladan shiralar biotsenoz va agrotsenozlar entomofaunasining muhim komponenti ekanligi ko‘rsatilib, ularning mazkur ekologik tizimlardagi o‘rni va roli aniqlandi .Shiralar rivojlanishining xususiyatlariga oid qiyosiy malumotlarni qo‘llash, ularning taraqqiyotiga vertikal mintaqaviylik tasirining mohiyatini ochib berdi. Tadqiq etilgan xudud afidofaunasining qo‘shni afidofaunalar bilan zoogeografik aloqalari va o‘zaro munosobotlarini o‘rganish natijari Sharqiy va O‘rta Osiyoni shiralarning qator endemik urug‘ va turlari kelib chiqish markazi deb hisoblashga imkoniyat berdi.