O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Muhammadjonova Go‘zalxon

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1976 yil 9 iyulda O‘zbekiston tumani, Bekobod qishlog‘ida tug‘ilgan 1993 yilda 19 - o‘rta maktabni imtiyozli shahodatnoma bilan tugatib, FDU o‘zbek filologiyasi  fakultetiga  test usulidagi sinovning eng yuqori  ko‘rsatkichi  bilan o‘qishga  qabul qilindi.  Talabalik  yillarida  uning qator  ilmiy - ommabop  maqolalari, o‘nlab she’rlari  viloyat hamda  respublika  matbuotida chop etildi. 1998 yil O‘zbekiston  Mustaqilligining  7 yilligiga  bag‘ishlangan “Oltin belanchak“ to‘plamidan  uning turkum she’rlari  o‘rin olgan.
    G.Muhammadjonova  1998 yilda  universitetni  imtiyozli diplom bilan tugallab,  Andijon DU aspiranturasiga o‘qishga qabul qilindi. 2004 yil  oktyabrda professor  A.Nurmonov  rahbarligida “80 - yillar  oxiri - 90 – yiilar  boshlari  o‘zbek  she’riyatining  lingvopoetik tadqiqi”  mavzuidagi  nomzodlik dissertatsiyasini  O‘zR  FA Alisher  Navoiy  nomidagi  Til va adabiyot instituti ixtisoslashgan Kengashida muvaffaqiyatli himoya qildi.
    Uning “Badiiy asar tahlilida ijodkorning uslubiy mahorati masalasi”, “Tarixiy so‘zlarning hozirgi o‘zbek she’riyatidagi o‘rni”, “Hozirgi o‘zbek she’riyatida iboralar”, “80 - 90 yillar she’riyatida jonlantirishdan foydalanish mahorati” kabi qator ilmiy maqolalari lingvopoetik masalalarni keng yoritib berishga qaratilgan.
    2003 yildan “Umumiy tilshunoslik va xorij adabiyoti” kafedrasida universitetdagi pedagogik faoliyatini boshlagan G.Muhammadjonova 2005 - 2011 yillar mobaynida mazkur kafedra mudiri lavozimida ishladi. 2012 - 2015 yillarda adabiyotshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsenti lavozimlarida, 2015 yildan ayni kafedraning mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Shuningdek, universitet Ustoz va murabbiylar kengashi raisi sifatida universitet ma’naviy - ma’rifiy ishlarida va yoshlar o‘rtasida ma’naviy barkamollikni yuksaltirish borasidagi tadbirlarning faol ishtirokchisi.
    40 dan ortiq maqola va oliy o‘quv yurti talabalari uchun “Qiyosiy adabiyotshunoslik” (2011), “Badiiy asar tahlili” (2015) nomli o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, Respublika “Kamolot” YoIH faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80