O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Muhiddinova Iroda

    Iroda Muhiddinova qatiyatli, bir so‘zli, irodali ayol. Uning shijoatini, izlanishini, sidqidil mehnatini ko‘rganlar bejizga ismini Iroda deya atashmaganiga amin bo‘ladilar. Jamoada hurmati baland, bu hurmatni u o‘z mehnati, bilimi bilan topgan. Qolaversa, u mashhur va mo‘‘tabar bo‘lgan shifokor ayol Klara Usmonovaning dilbandi.
     Bolaligimda ko‘p eslayman: hatto yarim tunda ham oyimni tug‘uruqxonaga chaqirib qolishardi. Ko‘cha - ko‘yda yurganimizda, odamlarning onamni ko‘rganlarida hurmat bi¬lan “Klara Usmonovna” deya murojaat etishlarini ko‘rib, ko‘nglimda g‘urur paydo bo‘lardi. Volidamning qammaga kerakli inson va shunday sharafli kasb egasi ekanliklaridan faxrlanardim...
    RIA va GIATM Namangan filiali akusher - ginekologi Iroda Muhiddinovaning volidasi haqida to‘lqinlanib so‘zlashi bejiz emas. Ona izidan borib, bugun minglab ayollarga onalik baxtini ulashib, salomatliklari yo‘lida xizmat qilayotgan Iroda oilada o‘rtancha farzand edi. O‘zi ta’kidlaganidek, u bolaligidanoq onasi kabi shifokor bo‘lishni orzu qildi, shu kasbga mehr qo‘ydi.
    Ayni paytda u va singlisi Umidaxon ham shifokor, akusher - ginekolog. Ular bir jamoada faoliyat ko‘rsatib kelishyapti. Darvoqe, mashakqatli kasbi, tajribali akusher - ginekolog ekani bois butun namanganliklar mehrini, hurmatini qozongan Klara Muhiddinova uzoq yillar Res¬publika akusherlik va ginekologiya ilmiy tekshirish ins¬tituta Namangan filialida vrach akusher - ginekolog bo‘lib ishladi. Hozir nafaqada. Ammo bilimi bilan qizlari va shogirdlariga hamisha yelkadosh.
    Irodaxon Muhiddinova 1973 yilda Namangan shahrida tavallud topdi. 1996 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagach, viloyat markaziy tug‘uruqxonasida internatura o‘tadi. 1997 - 2000 yillar davomida Respubli¬ka akusherlik va ginekologiya ilmiy tekshirish institutida vrach akusher - ginekolog sifatida ishladi. Keyingi to‘rt yil ichida ilmiy izlanishlar olib borib, aspiranturada tahsil oldi. 2009 yilda esa doktorlik ishini yoqladi. 2009 yildan buyon RAGITINamangan filialida ishlab kelyapti.
      To‘g‘ri, kasbimiz, ishimiz nozik, uning mashaqqati ko‘p, - deydi tibbiyot fanlari nomzodi Irodaxon Muhiddinova.- Ammo har gal farzandini eson - omon dunyoga keltirgan onalar quvonchini ko‘rib, ularning xursandchiligiga sherik bo‘larkanman, kasbimning zahmatlarini unutaman. Mening tibbiy yordamim tufayli dardiga shifo topgan xotin - qizlarning minnatdorona nigohlarida kasbim bois topayotgan baxtim, huzur - halovatni his etaman. Atigi bitta ayolning sog‘lom bo‘lishiga sababchi bo‘lganimni sezsam, onam izidan borib xato qilmaganimga amin bo‘laman. Mening tilagim, har bir go‘dak sog‘lom tug‘ilsin, u shundagina oilasiga chinakam quvonch olib kiradi, muqaddas rishtalarni mustahkam bog‘lay oladi.
    Irodaxon - oilada mehribon ona. Yolg‘iz qizi Shahnozaning baxtini ko‘rish umidida, barcha onalardek, yelib - yuguradi, kuyunadi.
    Uning yuqorida aytgan samimiy so‘zlarida esa jon bor. Bizning istagimiz unga va u kabi pokiza qalbli shifokorlarga hamisha shijoat yor bo‘lsin. U kabilar bor ekan, kelajak haqida faqat yorug‘ o‘ylar qalbimizni chulg‘aydi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5