O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Muhitdinovna Gulbahor Shahobuddinovna

    Ona  yurtimizda chet tillarni o‘rganishga avvallari ko‘p e’tibor berilmagan edi. Shu bois endilikda til mutaxassislari zimmasiga katta vazifalar yuklatilganki, bularni ado etish ularning oliy burchlaridir. Qatorda noring bo‘lsa, yuking yerda qolmaydi, degan gap bor. Ana shunday zabardast kuchlardan biri Toshkent Avtomobil - yo‘llar instituti chet tillar kafedrasi mudiri Muhitdinova Gulbahor Shahobuddinovnadir. U 1940 yil 25 fevralda Namangan shahrida tug‘ilgan. Filologiya fanlari nomzodi, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi. Maktabni tugatgach Toshkent Chet tillar pedagogika institutining ingliz tili fakultetiga o‘qishga kirdi. Uni 1967 yil tugatib, “Inturist”da tarjimon bo‘lib ish boshladi. 1968 yil Moskvada aspiranturaga o‘qishga kirib, ingliz filologiyasi bo‘yicha nomzodlik ishini himoya qildi. So‘ng O‘zbekiston va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yo‘llanmasi bilan Toshkent Avtomobil - yo‘llari instituti Chet tillar kafedrasi mudiri sifatida faoliyat boshladi. 40 yildan oshiq ilmiy pedagogik stajga ega. Qator yozgan darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan respublikamizning ko‘zga ko‘ringan olimlari qatoridan o‘rin olgan. 50 dan ortiq ilmiy, o‘quv - uslubiy ishlari chop etilgan. Shu jumladan, uning respublikamiz texnik oliy o‘quv yurtlari iqtidorli talabalari uchun mo‘ljallangan ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan “English” (2004 y.) darsligidan o‘quv jarayonida samarali foydalanilmoqda. Ingliz, nemis va frantsuz tillaridan yangi ta’lim standartlari asosida yaratgan namunaviy dasturlari (2003 y.) o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda Gulbahor Shaxobuddinovna akademik litsey talabalari va
    OO‘Yu bakalavrlari uchun ingliz tilida darslik yaratish ustida ishlamoqda. U respublika miqyosida chet tillar bo‘yicha o‘tkazilgai 4 ta ilmiy - amaliy konferentsiyaga rahbarlik qilgan. “Bilingvizm sharoitida talabalarda chet tillarinn o‘rgatish sifati va samaradorliginn oshirish” mavzusidagi mintaqaviy konferentsiya ham shular jumlasidandir. Iqtidorli yoshlar bilan faol ishlab, ularnn respublika olimpiada va OO‘Yular aro o‘tkaziladigan anjumanlarga muntazam jalb kilish xam unga xosdir. Qator yillar davomida olimpiadalarga tayyorlagan talabalari sovrinli o‘rinlarni egallashi tufayli G.Sh. Muhitdinnova Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Faxriy yorliqlari va boshqa qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlangan. Eng muximi, Gulbahor Muhitdinnova ingliz tili fanidan talabalarga saboq berishda o‘ziga xos maktab yaratgan ustozdir. 
    Pedagogik faoliyatn bilan bir qatorda beminnat oli- ma jamoat ishlarnda ham faol nshtirok etadi. O‘n besh ynl- dan ortiq davr mobaynnda TAYI kasaba uyushmasn qo‘mnta- sining raisi, yngirma ynl davomida Olny va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi chet tillari bo‘limn boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan. O‘zining halol mehnatn, sami- mnylngi va tanlagan kasbiga bo‘lgan sadoqatn bnlan instn- tut jamoasi orasida katga hurmatga sazovor insondir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar5



Filologiya80