O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mukarram Ayupova

    Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universyteti “Korrektsion pedagogika” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi, professor Ayupova Mukarram Yo‘ldoshevna defektologiya sohasida ko‘zga ko‘ringan olima. Institutni imtiyozli tugatib, logoped sifatida ishlayotgan Mukarram Ayupovani 1986 yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika instituti “Oligof -  renopedagogika va logopediya” kafedrasiga ishga taklif etdilar. 1992 yili “5 yoshli bolalarda fonetiko - fonematik kamchiliklarni bartaraf etish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. U o‘zining ilmiy ishida 5 yoshli bolalarda kuzatiladigan tovushlar talaffuzi va fonematik idrokidagi kamchiliklarni ilmiy jihatdan o‘rgandi va tahlil etib berdi, hamda bu kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatdi. Fonetik - fonematik nutq kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini amaliyotga muvaffaqiyatli tadbiq etdi. Ushbu ilmiy ish yuzasi bo‘yicha “Fonetik - fonematik nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash” dasturini professor L.R.Mo‘minova bilan hammualliflikda tayyorladi. Hozir ushbu dastur nutq bolalar bog‘chasida amaliyotga tadbiq etib kelinmoqda.
    Shu yillar mobaynida Mukarram Ayupova kafedra o‘qituvchisi, dotsenti, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
    2002 - 2003, 2003 - 2004 o‘quv yillarida “Eng yaxshi kafedra mudiri” konkursi g‘olibi bo‘ldi.
    M.Ayupova tomonidan 100 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan.
    1993 yili professor Lola Mo‘minova bilan ham mualliflikda pedagogika oliy bilimgohi “Defektologiya” ixtisosligi talabalari uchun “Logopediya” o‘quv qo‘llanmasi yaratildi. 2007 yilda Mukarram Ayupova tomonidan tayyorlangan 35 bosma taboqli “Logopediya” darsligi O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyotida nashr qilindi. Ushbu darslik Uz.R.OUMTB ta’sis etgan OUYu uchun chiqarilgan o‘quv adabiyot darsliklari o‘rtasida “Yilning darsligi va o‘quv adabiyoti tanlovida” birinchi o‘rinni egalladi va “Iste’dod” respublika jamgarmasining birinchi darajali diplomi bilan taqdirlandi.
    Mukarram Yo‘ldoshevna  tomonidan hammualliflikda yana bir qator darsliklar, ya’ni Ona tili (maxsus maktablarning 3 - sinfi uchun) darsligi 2010 yilda, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb - hunar kollejlarining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi o‘quvchilari uchun “Maxsus pedagogika” darsligi, “Korrektsion ishlar metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi 2012 yilda, Defektologiya fakulteti talabalari uchun “Logopedik o‘yin” darsligi 2013 yilda ham mualliflikda nashr etildi.
    Professor Mukarram Ayupova tomonidan tayyorlangan “Maktabgacha yoshdagi bolalarni savodga o‘rgatish” dasturi 1995 yilda chop etildi, 1996 yili esa “Maktabgacha yoshdagi bolalarni savodga o‘rgatish”, 2007 yil hammualliflikda “Barmoqlar mashqi va logopedik o‘yinlar” nomli uslubiy o‘quv qo‘llanmalar nashrdan chiqdi.
    Mukarram Yo‘ldoshevna o‘zining ilmiy ma’ruzalari bilan Xalqaro forum, konferentsiyalari, Respublika miqyosida o‘tkaziladigan konferentsiya, seminarlarda faol ishtirok etadi. 2015 yilda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tajribali pedagog, iqtidorli olima “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
    Mukarram Ayupova tomonidan 100 dan ortiq ilmiy maqolalar ilmiy to‘plamlar hamda Respublika jurnallarida chop etilgan. Hozirda u o‘zining ilmiy, ommabop maqolalari bilan ilmiy to‘plam va Respublika jurnallarda faol ishtirok etib kelmoqda.
    Olima talabalarning bakalavr bitiruv ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda. U rahbarlik qilgan talabalar bitiruv ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib kelmoqdalar.
    Ustoz pedagog magistraturaning “Logopediya” mutaxassisligida tahsil olayotgan magistrlarning dissertatsiya ishiga rahbarlik qilib, qobiliyatli shogirdlarni tayyorlamoqda.
    Professor Ayupova Mukarram Yo‘ldoshevna yetuk olima sifatida defektologiya fanini rivojlantirishda samarali hissa qo‘shib kelmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5