O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Muratova Nozima Faxritdinovna

    Buvijonisining orzu - niyatlarini ro‘yobga chiqarib, jurnalistika sohasini egallagan Muratova Nozima Faxritdinovna bugungi kunda O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakulteti “Uslubiyat, tahrir va Internet jurnalistika” kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda, filologiya fanlari nomzodi. U talabalarga “Jurnalistikada kompyuterlashtirish va veb - dizayn asoslari” fanidan, “Global informatsion kenglik sharoitida jurnalist ijodi” maxsus kursi bo‘yicha dars berib keladi. Rus va ingliz tillarini mukammal biladi. Fanlarni o‘qitish doirasida mazkur tillarda chop etilgan ilmiy adabiyotlardan, elektron manbalardan keng va samarali foydalanadi.
    Orzulari va intilishlari asta - sekinlik bilan ro‘yobga chiqa boshlagan yosh olima 2011 yil avgust - sentyabr oylarida 012 xalqaro pedagogik tajriba almashinuv tashkiloti taklifi bilan Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan “Jurnalist o‘qituvchilarning tajribasini oshirish” kurslarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va sertifikat bilan taqdirlandi. Tajriba oshirish kursi yakunida Sertifikat topshirish jarayonida esa, eng yaxshi trening o‘quv moduli uchun alohida sovrin bilan ham taqdirlandi. Nozima Muratova Yangi pedagogik texnologiyalar borasida olgan bilimlarini bugun ham tajriba oshirish kurslari, turli trening va seminarlarda doimiy qo‘llab keladi.
    Olimaning ilmiy ish mavzusi doirasda hozirda 30 dan ortiq ilmiy maqola chop etilgan bo‘lib, xususan, Internetda OAVning huquqiy maqomi borasida bir necha marotaba ma’ruzalar va ilmiy chiqishlar qilindi. Natijada bugun sohaning huquqiy maqomi ustida ishlash bo‘yicha hukumat qarori ishlab chiqilib, ikki yangi qonun ustida ish olib borilmoqda. Olimaning alohida yutug‘i sifatida Germaniyaning Lab Academic Publishing akademik nashriyoti tomonidan ilmiy monografiyasining chop etilganini ta’kidlash o‘rinli. Bundan tashqari, O‘zbekistonda Internet jurnalistika rivojlanish tajribasi borasida 2013 yil Qozog‘istonning Almatiy shahrida, 2014 yil Toshkentda o‘tkazilgan ikki katta xalqaro ilmiy anjumanda, 2015 yil sentyabr oyida Samarqand va Toshkentda tashkil etilgan ikki yirik ilmiy Konferentsiyalarda milliy ekspert sifatida ma’ruza bilan qatnashdi.
    Internet bu katta ummon, uning hayotimizga kirib kelishi turli sohalarda o‘zgarishlarga, yangilanishlarga, ijobiy va salbiy ta’sirlarga olib keldi, hayotning har bir sohasida; tibbiyotda, harbiy sohada, hukuqshunoslikda, ta’lim va ma’rifatda internet ma’lum ma’noda ta’sir etishga ulgurdi. Ammo uning eng katta to‘lqini OAV faoliyati bilan bog‘liq. Internetni ommaviy axborot vositalarini butkul avvalgi ko‘rinishidan voz kechishiga sabab bo‘lmoqda. Yil sayin global tarmoq foydalauvchilari soni ortib, mamlakatimizning ham global axborot makonida ishtiroki ortib bormoqda. Mazkur mavzularni izohi va tadqiqi uchun Muratova Nozima Faxritdinovnaning tadqiqot ishi yuzasidan televidenieda 10 dan ziyod suhbat, muloqot va intervyular tashkil etilgan.
    Universitet hayoti doimiy izlanishga, ilmni mustahkamlashga va yoshlarga tinimsiz bilim ulashishni taqozo etadi. Nozima Muratova Universitetning ma’naviy - ma’rifiy, ilmiy va boshqa tadbirlarida faol qatnashib keladi. U o‘zining tirishqoqligi va kasbiga qiziqishi tufayli fakultet talabalari va professor - o‘qituvchilari o‘rtasida hurmat qozona oldi.
    Ustoz - shogird an’anasini davom ettirgan holda 2011 yildan buyon Nozima Muratova jurnalistikada axborot texnologiyalari mavzusiga bag‘ishlangan talabalarning an’anaviy media konferentsiyasida tashkiliy qo‘mita raisi sifatida qatnashib keladi hamda talabalarni Internet jurnalistikaning turli mavzulari bo‘yicha taqdimotlari va ma’ruzalarini tayyorlashga rahbarlik qiladi. Ushbu tadbir jarayonida innovatsion mavzular, yoshlarning fikri va tashabbuskor talabalarning loyihalari namoyish etiladi. Ushbu sa’y - harakatlar bejiz ketmaydi va uning shogirdlari bugun prezident stipendiyasi nomzodi, ilg‘or OAV tahririyatlarida muharir, magistratura tinglovchilari hamda o‘z safida, ya’ni oliygohda ilmiy ishlarni boshlab yuborgan.
    Nozima Muratova 2015 yil O‘zbekiston xotin - qizlar “Olima” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Ilm yulduzlari” intellektual ko‘rik - tanlovining Toshkent shahar bosqichida oliy o‘rin sohibi hamda Respublika bosqichi ishtirokchisidir. U shuningdek, ilmiy faoliyati davomida O‘zMUning bir nechta hamkor muassasalar, xususan davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatida ishchi guruh a’zosi, ekspert, tahlilchi sifatida ishtirok etib kelgan. Hamkorlik doirasida u Respublika miqyosidagi OAV faoliyatini monitoringi, jumladan, ularning Internetdagi faoliyatining tahlili, xalqaro anjumanlar tashkil etishda milliy ekspert guruhi a’zosi, seminar - trening olib boruvchi trener sifatida faol. Barcha bajargan ishida mas’uliyatli, qat’iyatli, tashabbuskorligi bilan hurmat qozonib kelmoqda.
    Hozirda u ikki nafar farzandning mehribon onasi hamdir. Hayotda "O‘zingda topa olmagan xotirjamlikni boshqa yerdan qidirma" degan shior bilan yashaydi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar5



Filologiya80