O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Murodillayev Abdujabbor

Murodillayev Abdujabbor    Abdujabbor Murodillayev 1951 yil 30 avgustda Namangan viloyati  Yangiqo‘rg‘on tumani Iskavot  qishlog‘ida tug‘ilgan. 1975 yilda Toshkent davlat universiteti biologiya - tuproqshunoslik fakultetini imtiyozli tugatgan.
  Mehnat faoliyatini 1975 yilda namangan shahar 10 - o‘rta maktabda ximiya va biologiya fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 1977 - 1983 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Biokimyo institutida  ilmiy tadqiqotchi, aspirant va kichik ilmiy xodim lavozimlarida  ishlagan.
  A. Murodemiyasining Biokimyo institutida ilmiy tadqiqotchi, aspirant va kichik ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.
  A. Murodillayevning ilmiy faoliyati Gamma nurlanishning embrional rivojlanishda bioenergetik jarayonlarga ta’siri masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy ishlari natijalari Yaponiya, Polsha, Niderlandiya, Hindiston kabi davlatlarning ilmiy jurnallarida chop etilgan va olim bir qator xalqaro ilmiy simpoziumlarda ishtirok etgan.
  1982 - yilda bioximiya mutaxassisligi bo‘yicha biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan.
  1983 — 1989 yillarda Namangan tajriba biofabrikasida, 1989 — 1992 yillarda sobiq Ittifoq FAning Umumiy fizika institutining Namangandagi masofaviy tashhis sohasi ilmiy - tadqiqot laboratoriyasida yetakchi ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.
  Bu davrdagi ilmiy faoliyati qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan trixogrammani ishlab chiqish va tut ipak qurti hosildorligini oshirishda biologik faol moddalardan foydalanishga bag‘ishlangan. A. Murodillayev yuqoridagi sohalarga oid bir qator ixtiro va o‘quv qo‘llanmalari muallifidir.
  1992 yildan buyon Namangan muhandislik - pedagogika instituti oziq - ovqatlar texnologiyasi kafedrasi dotsenti bo‘lib ishlab kelmoqda. 
  Kafedrada 3 ta xo‘jalik shartnomasi ishining yakunlanishiga rahbarlik qilgan va hozirgi kunda sabzini kompleks qayta ishlashga bag‘ishlangan innovatsion loyihada faol ishtirok etmoqda.
  Olim 56 ta ilmiy - uslubiy maqolalar muallifidir. O‘simlik zararkunandalariga qarshi biologik kurashdagi yutuqlari uchun xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasining kumush medali bilan mukofotlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5