Murtazayeva Rahbarxon Hamidovna 1950 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Tarix fanlari doktori, profsssor.
R.H.Murtazaeva 1957 - 1967 yillarda o‘rta maktabda tahsil olgan. 1967 - yilda Toshkent Davlat universitetining tarix fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1972 yilda imtiyozli diplom bilan tamomladi. Shu yilning o‘zida Toshkent Davlat universiteti tarix kafedrasining aspiranturasiga qabul qilindi. Aspiranturani muddatidan avval tamomlab, 1975 yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 1990 yilda esa “O‘rta Osiyo respublikalarida millatlararo munosabatlarning iqtisodiy asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1995 — 2000 - yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining ijtimoiy fanlar bo‘yicha prorektori, 2000 yildan shu kungacha universitetning manaviy - ma’rifiy va gumanitar ta’lim bo‘yicha 1 - prorektori vazifasida ishlab kelmoqda.
Raxbarxon Hamidovna ilmiy pedagogik faoliyatini universitetning tarix kafedrasida o‘kituvchi lavozimidan boshladi. So‘ng katta o‘qituvchi, dotsent, professor ilmiy unvonlariga sazovor bo‘ldi. Olima oliygoh ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasini kengaytirish, yangi yo‘nalishlar ochish, ularning moddiy - texnika bazasini mustaxkamlashda tinimsiz mexnat qilmokda. Ijtimoiy fanlarni o‘qitish tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish yuzasidan olib borilgan ishlarning tashkiilotchisi xamdir. Shuningdek, Raxbarxon Hamidovna mamlakatimizda yuqori malakali kadrlar tayyorlashning asosiy me’yoriy xujjatlari xisoblangan ta’limning Davlat standartlari, o‘quv-rejalar hamda fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarining yangi avlodini yaratgan mualliflardan biridir.
Rahbarxon Hamidovna olima ayol sifatida Italiya, Koreya, Angliya, AQSh, Rossiya, Ukraina kabi bir qator xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanlarning ishtirokchisi, muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Bag‘rikenglik - jamiyat barqarorligining asosi” mavzusidagi respubliqa ilmiy - amaliy anjumanining tashkilotchisidir. U milliy istiqlol g‘oyasinn yoshlar ongiga singdirish, yoshlarning ilg‘or tashabbuslarini qo‘llab - quvvatlash hamda ijtimoiy - gumanitar fanlar oldidagi dolzarb muammolarni o‘rganish, ularni zamon talablari asosida rivojlantirish, pedagogik ilg‘or texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy kilishdek murakkab vazifalarni akmalga oshirishda yuksak tajribaga egadir.
Mustaqillik yillarida R.Murtazaevaning tapshbbusi bilan Toshkent Davlat universiteti qoshida gimnaziya va mazkur gimnaziya asosida akademik litsey tashkil qilindi. O‘zbekiston Milliy universitetida ijtimoiy-gumanitar fakultetlar, kafedralar va ilmiy yo‘nalishlarning ochilishida R.Murtazaevaning shaxsiy ishtirokini aloxida qayd etish lozim.
Raxbarxon Hamidovna 2001 yildan Halq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, Kengashning ijtimoiy - madaniy rivojlanish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi hamda Toshkent shahar Xotin - qizlar qo‘mitasi qoshidagi xotin - qizlar o‘rtasida ma’naviy - ma’rifiy va madaniy ishlarni olib boruvchi uyushma raisidir. Demakki, bu yo‘lda xam uning xizmatlari bor. U O‘zbekiston Milliy universitet koshida nnson xuquklarini ximoya qilish bo‘yicha vakillik (Ombudsman) organini tashkil etishda faollik ko‘rsatdi. R.Murtazaeva mahallalarda xuquqiy madaniyatni, xuquqiy tarbiyani shakllantirish, fuqarolarning xuquqlarinn ximoya qilish hamda huquqiy savodxonliknn oshirishga yo‘naltirilgai bepul xizmat ko‘rsatuvchi “Yuridik klinika”ni tashkil qilishda tashabbuskor bo‘ldi.
R.H.Murtazaeva “Shuxrat” medali sohibasi. Oilali, uch farzandning onasi.