O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Musaxodjayeva Dilorom

 Musaxodjaeva Dilorom      O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Immunologiya institutining immunomorfologiya laboratoriyasi mudiri, katta ilmiy xodim, biologiya fanlari doktori Musaxodjaeva Dilorom Abdullaevna o‘z umrini ilm-fan taraqqiyotiga, insoniyatning salomatligini himoya qilishdek ezgu ishga bag‘ishlayotgan olijanob, fidoyi olimalardan. Zero, ilm kishisi uchun ushbu fazilatlar juda-juda zarurdir. Chunki insonning og‘irini yengil qilish, dardiga shifo izlash, uning yo‘lidagi ilmning zalvorli yuklarini ko‘tarish uchun insonlarni, ilmni sevish kerak bo‘ladi. Olima Dilorom Musaxodjaeva ham ana shunday bag‘rikeng, yetuk mutaxassislardan.
Dilorom Musaxodjaeva 1975 yilda ToshDU (Hozirgi O‘zMU)ning biologiya-tuproqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1980 yilda tanlovdan o‘tib, ToshDTIning SNIL immunologiya bo‘limiga kichik ilmiy hodim lavozimiga qabul qilingan, u yerda immun tizim holatlarini baholash uslublarini o‘rgandi va normal va turli patologiyalarda immun tizimda kuzatiladigan o‘zgarishlar ustida tajribalar olib bordi.
Musaxodjaeva Dilorom Abdullaevna ilmiy hayotining katta qismi Immunologiya Instituti bilan bog‘liq, ushbu dargoxda u 1986 yil kichik ilmiy xodim lavozimidan biologiya fanlari doktori lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 1992 yilda "Asoratsiz homiladorlikdagi limfotsitlarning subpopulyatsion tarkibi" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi, ilmiy rahbari O‘zbekiston immunologlari va allergologlari ilmiy jamiyatining ilmiy kotibi Garib Feruz Yusupovich bo‘lib, uning asosiy vazifasi immunologiyaga oid bilimlarni kengaytirish va ularni amaliyotga targ‘ib qilishdan iborat bo‘lgan.
Tibbiyot fanlari doktori Dilorom Musaxodjaeva 1999 yildan to shu kunga qadar immunomorfologiya laboratoriyasining mudiri. 2010 yilda "Normal va salbiy omillar ta’siri ostidagi homilador va homilador bo‘lmagan ayollardagi immunobiologik ko‘rsatkichlar" mavzusidagi dissertatsiyani himoya qildi. Olima Doktorlik dissertatsiyalari himoyasi Ilmiy kengashi a’zosi, institutning ilmiy kengash a’zosi, «Teoreticheskaya i prakticheskaya meditsina» jurnali nashriyot hamkasblari a’zosi hisoblanadi.
Laboratoriyada Dilorom Musaxodjaeva nazorati ostida muhim va amaliy izlanishlar olib boriladi: "Qoraqalpoq populyatsiyasidagi homilador ayollarning homilasi rivojlanishida immunogenetik omillarning roli" (2009-2011 yillar); "Bolalardagi mukovistsidozning turli formalari patogenezida immunologik mexanizmlar va immunokorrektsiya terapiyasi" (2009-2011 yillar); "Bachadon bo‘yni tservikal intraepitelial neoplaziyalarida immun javobning molekulyar-genetik mexanizmining nazorati"; "Bolalardagi mukovistsidozning turli ko‘rinishlari patogenezidagi immunogenetik mexanizmlar" (2014-2015 yillar); "Bolalarda o‘tkir bronxitni surunkali formaga o‘tishining molekulyar-genetik mexanizmi va immunokorrektsiyaga differentsiyalashgan yondashuvning ishlab chiqilishi" (2015-2017 yillar).Laboratoriyada uning nazorati ostida quyidagi yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib boriladi: Tug‘ish yoshidagi ayollarda reproduktiv faoliyatning turli buzilishlarida immun holatni o‘rganish. Immun tizimning fiziologik holati chegaralarida va patologiya rivojlanishi holatida tashxislash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish.
Hujayraviy, gumoral va tsitokinli immun tizimni hamda Respublikamizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi o‘pka-bronx va oshqozon-ichak tizimi kasalliklari bilan kasallangan bolalarda kuzatiladigan nospetsifik himoyani o‘rganish.
Musaxodjaeva Dilorom Abdullaevna tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida Respublika miqyosidagi va xorij jurnallarida 250 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. U tomonidan 10 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.
Olima Musaxodjaeva Dilorom Abdullaevna institut tomonidan o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etadi. O‘z bilimini yanada oshirish maqsadida o‘z ustida ishlaydi, bundan tashqari yosh mutaxassislarni tayyorlaydi. Hamisha yangi immunologik uslublarni yaratish bo‘yicha izlanishlar olib boradi.
Diloram Abdullaevna hamkasblari orasida o‘z hurmatiga ega, O‘zR FA Immunologiya instituti ommaviy hayotida faol ishtirok etadi.
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar15



Ijtimoiy-gumanitar fanlar15



Tabiiy fanlar60



Filologiya10