O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Mustafaqulova Sharifa Olloyorovna

Mustafaqulova Sharifa Olloyorovna    Mustafoqulova  Sharifa Olloyorovna 1942 yil 25 sentyabrda  Buxoro  viloyati  Peshku( hozirgi  Ibn  Sino )  tumanida  tug‘ilgan . Otasi  Mustafoqulova  Mo‘mina G‘ulomg‘ofurovna – o‘qituvchi edilar. Sharifa oilada uchinchi qiz va kenja farzand edi. Sharifa - 1961 yilda o‘rta maktabni medal bilan bitirib Toshkent Davlat tibbiyot institutida tahsil oldi. 1967 yil institutni imtiyozli diplom bilan bitirib Buxoro shahriga yo‘llanma oladi va u yerda 19 yil davomida - ordinator, bo‘lim boshlig‘i, bosh vrach o‘rinbosari va oxirgi yillari viloyat sog‘liqni saqlash bo‘limida bosh mutaxassis — infektsionist lavozimida xizmat qildi. Oliy toifali shifokor, sog‘liqni saklash a’lochisi, qator maqtov yorliqlari, unvonlar bilan taqdirlangan.
  Ishdan uzluksiz holda 1988 yilda Moskva shahridagi Markaziy epidemiologiya institutida tibbiyot fanlari nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
  1985 — 2004 yillarda Toshkent davlat vrachlar malaka oshirish institutining “Bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi”da ishladi. Monografiya, bir necha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, qator maqolalar muallifi.
  Hayotdagi printsiplari: vaqtni tejash, hamisha qo‘ldan kelgancha yaxshilik qilish, kitobni sevish, tinmay ilm olish va ilm tarqatish.
  Sharifa opa umr yo‘ldoshi — shifokor Saidmatlab A’zamxo‘jayev bilan ikki farzand, olti nabira qurshovida saodatli hayot kechirishmoqda.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5