Biologiya fanlari nomzodi, dotsent
1951 yil 20 oktyabrda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi Qaroqchi qishlog‘ida tug‘ilgan . 1968 yilda o‘rta maktabni a’lo baholarga tamomlagan. 1970 - 1972 yillarda harbiy xizmatda bo‘lgan.
1972 yili Farg‘ona davlat pedagogika instituti qoshidagi tayyorlov fakultetida tahsil olgach, 1973 yilda institutning tibbiyot - geografiya fakulteti ximiya - biologiya bo‘limiga o‘qishga kirdi. 1978 yilio‘qishnitugatib, zoologiya vaumumiy biologiya kafedrasiga katta laborant vazifasiga ishga qabul qilindi. 1980 yildan zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida pedagogik faoliyat olib borish bilan bir vaqtda ilmiy tadqiqot ishlari bilan ham shugullandi.
1992 yili Ozarbayjon Respublikasi Fanlar akademiyasi parazitologiya ilmiy tadqiqot institutida “Osnovnie vrediteli texnicheskix kultur Ferganskoy dolini i integrirovannye metodi borbi s nimi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
1980 - 2011 yillar mobaynida Fargona davlat universitetining zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsenti hamda zoologiya kafedrasi dotsenti vazifalarida samarali mehnat qildi. U talabalarga saboq berish bilan birga, yosh o‘qituvchi va tadqiqotchilarni pedagogik va ilmiy – uslubiy tavsiyalari bilan muntazam qo‘llab – quvvatlab keladi.
H.Mustafoqulov ilmiy pedagogik faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy, ilmiy – uslubiy va ilmiy – ommabop ishlarni e’lon qilgan, shuningdek, 2 ta darslik muallifidir.