O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Musurmonova Oynisa

Musurmonova Oynisa    Oynisa Musurmonova “Oydin hayot” respublika sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish markazi boshqaruvi raisi. O‘zbekiston Davlat jaxon tillari universiteti “Pedagogika – psixologiya” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor. Siz, aziz kitobxon, bu ayolni tanigandan taniysiz. Chunki u bajargan va bajarayotgan har bir ish xalqning, ya’ni sizning ko‘z o‘ngingizda.
  Oynisa Musurmonova 1952 yilda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida tavallud topgan. 1966 yilda tumandagi 67 - o‘rta maktabning 8 - sinfini tamomlab, Samarqand Xotin - qizlar pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1970 yilda imtiyozli tugatgan. 1970 yilda A. Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetining o‘zbek va tojik filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirib, uni ham 1975 yilda imtiyozli tamomlagan.
  O. Musurmonova mehnat faoliyatini 1975 yilda “Past - darg‘om haqiqati” gazetasining tahririyatida adabiy xodimlikdan boshlagan. 1975 — 1980 yillarda Pastdarg‘om tumani o‘quvchilar uyi direktori; 1980— 1988 yillarda T. N. Qori - Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida qichik, so‘ng katta ilmiy xodim; 1988 — 1995 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti “Umumiy pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi, so‘ng dosenti, doktoranti, professori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Shu yillar davomida institutga qarashli “Xalq ta’limini boshqarishning ilmiy asoslari”, “Odobnoma” kafedralari, bir vaqtning o‘zida “Oila” ilmiy laboratoriyasiga mudirlik qilgan. 1986 yilda “Yuqori sinf o‘quvchilarini adabiyot darslarida axloqiy tarbiyalash” mavzusida ilmiy ish yoqlab, pedagogika fanlari nomzodi unvoniga ega bo‘ldi.
  1994 yil esa “Yuqori sinf o‘qituvchilarining ma’naviy madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari” mavzusida pedagogika fanlari doqtori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan. 
  200 ga yaqin ilmiy, metodik va ommabop ishlari chop etilgan.
  U 400 dan ortiq Respublika va Xalqaro ilmiy - nazariy, ilmiy - amaliy, ilmiy - metodik anjumanlarida ma’ruzalari, Respublika televideniesi va radiosi orqali mazmunli chiqishlari bilan o‘z ilmiy - pedagogik bilimlarini keng omma o‘rtasida targ‘ib etib kelmoqda.
  O. Musurmonova — “Davlat tili to‘g‘risida” gi Qonunni amalga oshirish; Uzluksiz ta’lim tizimida yangi o‘quv dasturlari, darsliklari va o‘quv metodik qo‘llanmalar yaratishni ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi toponimik ob’yektlariga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi davlat komissiyalari a’zosi; pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasini beradigan ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlar a’zosi; Respublika pedagogika va psixologiya metodik Kengashi raisi.
  O. Musurmonova 20 ga yaqin ilmiy - pedagogik kadrlar tayyorlagan. Parlamentlararo Ittifoqning taraqqiyot qo‘mitasiga a’zo bo‘lib saylangan. 1 va 2 - chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati bo‘lgan.
  U 1 - darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni, O‘zbekiston Respublikasi “Hurmat belgisi” nishoni bilan taqdirlangan. O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi.
  Oynisa Musurmonova oilali, farzandlari va nabiralari qurshovida baxtli xayot nashidasini surmoqda.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5