O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Muxamediyeva Dilnoz To‘lqunovna

Dilnoz Muxamedieva    Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi katta ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori Muxamedieva Dilnoz To‘lqunovna o‘zining 35 yillik mehnat faoliyati davomida mehnatsevarligi, ishga mas’uliyati, ilmga muhabbati, pedagogik mahorati bilan hurmat-e’tibor qozonib kelmoqda.
    O‘zMUning Amaliy matematika fakultetini tugatgan yosh mutaxassis mehnat faoliyatini 1981 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi kibernetika instituti (hozirda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi)dan boshlagan va hanuz ushbu ilm dargohida ishlab kelmoqda. 2006 yili doktorlik dissertatsiyaini muvaffaqiyatli yoqlab, texnika fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.
    Olimaning ilmiy tadqiqotlari ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish, sun’iy intellekt, noravshan mantiqiy modellar yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
    Texnika fanlari doktori Dilnoz Muxamedieva ilmiy byudjetlari doirasida 2 ta davlat byudjetlarida faoliyat olib borgan.
    Ilmiy tadqiqotlari yuzasidan 430 ta ilmiy ishi chop etilgan, shulardan 320 tasi dissertatsiya himoyasidan keyin amalga oshirilgan. Jumladan, 15 ta monografiya, 2 ta o‘quv-uslubiy ishlar, ilmiy jurnallarda 77 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy yoki xalqaro ilmiy jurnallarda 25 ta ilmiy maqolasi chop etilgan, dasturiy mahsulotlar uchun 15 ta mualliflik guvohnomasini olgan. So‘nggi uch yil mobaynida 152 ta ilmiy tadqiqoti e’lon qilingan.
    Olimaning ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida qishloq va suv xo‘jalik vazirligida ekinlar hosildorligini bashorat qilish, Toshkent shahar hokimiyatida mintaqalarning ijtimoiy- iqtisodiy holatini baholash va O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlar Assotsiatsiyasida noravshan axborot holatida modellashtirish ishlanmasi qo‘llash uchun  qabul qilingan. "Korxonalar bankrotligi xavf-xatarini baholash va bashoratlash" uslubiyatini xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan foydalanish uchun qabul qilingan va bugungi kunda keng qo‘llanilmoqda.
    Dilnoz To‘lqunovna ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 2 nafar (fan nomzodi) ilmiy darajasini olgan oliy tajribali mutaxassis tayyorlagan.
    Tajribali pedagog 2007-2014 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot tizimlar dasturiy ta’minoti kafedrasi professori va magistrlariga 2007 yildan beri "Ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish", "Ob’ektga yo‘naltirilgan tahlil va loyihalash" fanlaridan dars beradi. 2-3 kurs talabalariga "Matematik modellashtirish" va "Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari" fanlaridan dars beradi. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida bakalavr va magistrlarga matematik modellashtirish va matematik dasturlashdan bir qancha uslubiy qo‘llanmalar yaratgan.
    Dilnoz Muxamedieva 2011-2012 yillarda Matematika va informatsion texnologiyalar instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ixtisoslashgan kengashning rais o‘rinbosari, 2013 yildan Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy kengashning a’zosi.
    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi Ilmiy kengashi a’zosi, texnika fanlari doktori, iqtidorli olima Muxamedieva Dilnoz To‘lqunovna o‘zining ilmiy salohiyati bilan bir qatorda olijanob xislatlari, samimiyligi, kamtarligi, hamisha o‘zgalarga ko‘mak bera olishi bilan ham hurmat qozongan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar70



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar10



Filologiya10