O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nabiyev Shavkat Inomjonovich

Nabiyev Shavkat    Shavkat Inomjonovich Nabiyev 1947 - yil 20 - yanvarda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Bekobod qishlog‘ida tug‘ilgan. 1971 - yili Toshkent  davlat universiteti fizika  fakultetini “Yarim o‘tkazgichlar  va dielektriklar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha tugatgan. 1970 - yili Leningrad  shahridagi A. F. Ioffe nomidagi  Fizika – texnika ilmiy tekshirish  institutiga o‘qishga yuborilgan.
  1971 - yildan 1979 - yilga qadar  O‘zbekiston Fanlar  akademiyasining Fizika - texnika ilmiy tekshirish institutida laborant, katta laborant muhandis, konstruktor lavozimlarida ishlagan. Shu davr ichida aspiranturaga o‘qishga kirgan va Leningrad shahridagi Fizika - texnika ilmiy tekshirish institutiga aspiranturani o‘tash uchun yuborilgan.
  1976 - yili aspiranturani tamomlagan va 1978 - yili nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uning ilmiy maqolalari Germaniya, AQSh va Rossiyaning fizikaga oid ilmiy jurnallarida chop etilgan.
  1979 yil yo‘llanma asosida Toshkent politexnika instituti Namangan filialining (hozirgi Nam MPI) fundamental fanlar kafedrasi mudiri lavozimiga ishga yuborilgan. Bu yerda 2000 - yilga qadar kafedra mudiri, keyinchalik dotsent lavozimida ishlab keldi.
  Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazining Namangan viloyati bo‘yicha vakili vazifasida va Namangan muhandislik - pedagogika instituti fizika kafedrasida dotsent lavozimida ishlamoqda.
  Sh. Nabiyev 60 ga yaqin ilmiy va ilmiy - uslubiy ishlar muallifidir. U ko‘pgina “Faxriy yorliq”lar va “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5