O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nabiyeva Iroda

Nabiyeva Iroda    Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutida respublikamizning ko‘pgina ko‘zga ko‘ringan taniqli olimalari, ustoz pedagoglar faoliyat ko‘rsatishadi. Iroda Nabiyeva kechagina ularga shogird, talaba edi. Bugun o‘zi ular qatorida faoliyat yuritmoqda, texnika fanlari doktori, kafedra mudiri darajasiga yetdi, ko‘plar uchun o‘zi ham ustozga aylandi. Biroq ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar, pedagogik mahorat bobida hanuz ulardan maslahatlar, yo‘l - yo‘riqlar olishdan cheklanmaydi, hurmat - e’zoz qiladi. Zero, e’zoz qilsang, e’zoz topasan deb bejizga aytmaydilar. Texnika fanlari doktori Iroda Nabiyeva pedagogik faoliyati, ilmiy ishlari, rahbarlik faoliyatidan ortib, jamoat ishlarida ham faol. U institut Olima ayollar uyushmasi raisi, Respublika “Olima” ayollar uyushmasi a’zosi.
  Iroda Nabiyeva 1990 yil “Pardozlash korxonalarining kimyoviy texnologiyasi va uskunalari” mutaxassisligi bo‘yicha Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini imtiyozli diplomga bitirgan. Shu yildan mehnat faoliyatini boshladi va u “Yuqori molekulyar birikmalar kimyoviy texnologiyasi” (hozirda “Kimyoviy texnologiya”) kafedrasida kichik ilmiy xodim, katta laborant, laboratoriya mudiri, assistent, dotsent va kafedra mudiri lavozimlarida ishlab keldi.
  1999 yilda “Razrabotka texnologi i ravnomernogo krasheniya PAN - volokna nitron razlichnimi klassami krasiteley” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2010 yilda “Modifikatsiya volokna nitron otxodami naturalnogo shelka i razrabotka texnologii ximicheskoy otdelki smesovniyx materialov na yego osnove” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning rahbarligida bitta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.
  Olimaning ilmiy - izlanish faoliyati poliakrilonitril (PAN) tola - nitronni modifikatsiyalash, uning gigiyenik va bo‘yalish xossalarini yaxshilash, elektrlanishini kamaytirish, PAN tolasini ishlatilish sohasini kengaytirish, nitron tolasini boshqa tabiiy tolalar bilan aralashmasidan yangi assortimentdagi to‘qimachilik materiallarini yaratish va ularni kimyoviy pardozlash bilan bog‘liq.
  Hozirgi kunda “ustoz – shogird” tizimida Iroda  Nabiyeva shogirdlari bilan birgalikda nitron tolasini paxta, tabiiy ipak, bambuk va jun tolalari bilan turli nisbatdagi aralashmalaridan tayyorlangan matolarni kimyoviy pardozlash, shuningdek paxta tolasini Respublikada qayta ishlash hajmini kengaytirish maqsadida paxta va poliefir tolalari aralashmali to‘qimachilik materiallariga maxsus xossalar berish borasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Mahalliy xom ashyolarni chuqur qayta ishlash va mahsulot turlarini mahalliylashtirish bo‘yicha ishlab chiqarish chiqindilaridan qog‘oz tayyorlash texnologiyalarini yaratish olima tomonidan olib borilayotgan yangi ilmiy yo‘nalishlardandir.
  Iroda Nabiyeva rahbarligida O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining ikkita byudjeti bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlari olib borilmoqda. I. Nabiyeva olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijalari bo‘yicha 148 ta ilmiy ishlar, shu jumladan 45 ta ilmiy maqola Respublika jurnallarida, 7 ta maqola chet el jurnallarida va 8 ta patent chop etgan.
  Kafedrada bakalavr va magistrlarga mutaxassislik fanlaridan dars olib borish bilan bir qatorda magistrlarning ilmiy ishlariga rahbarlik qiladi. Kafedra yo‘nalishiga mos ravishda 2 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma va 20 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar chop etgan.
  Texnika fanlari doktori Iroda Nabiyeva o‘z ilmiy - pedagogik tajribasini oshirish yo‘lida doimo izlanishlar olib boradi. 2003 yilda TYeMPUS dasturi bo‘yicha Finlyandiyaning Kuopio Dizayn Akademiyasida, 2006 yilda “Iste’dod” jamg‘armasi bo‘yicha Sankt - Peterburg Davlat Politexnika Universitetida tajriba oshirib qaytdi. 2007 yilda Janubiy Koreyaning “Koreya Institute of  Industrial  Technology” va “Koreya Textile s  Fashion    Polytechnic” institutlarida, hamda “TEMPUS - 25223 - 2004 - byudjeti ishtirokchisi sifatida Gretsiyaning Pireya texnologiya institutida tajriba oshirib, u yerda olgan bilimlarini kafedraning o‘quv va ilmiy ishlarini takomillashtirishda bevosita qo‘llamoqda.
  Tajribali pedagog, iqtidorli olima 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga asosan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
  Irodaxonning turmush o‘rtog‘i ham texnika fanlari doktori. Ular birgalikda ikki farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazishdi. Bir nafar nabiralari bor.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5