Kimyo fanini boshqa fanlarga nisbatan yaxshi ko‘rish, unga qiziqish xamma o‘quvchining xam qo‘lidan kelavermaydi. Shu bois bu fandan sal no‘noqroq bo‘lgan dugonalari unga rosa havas qilishardi. Yordam so‘raishrdi. Nozira ham ulardan bilganlarini ayamasdi. Ba’zan shunday bo‘lardiki, u yangi darslarni o‘qituvchi o‘tmasdan oldin o‘qib bilib olardi. Tushunmaganlarini so‘rash uchun darsni kutib o‘tirmasdi. Kimyo o‘qituvchisi oldiga bordimi, u xam darrov bilardiki, Noziraning qandaydir savoli bor. Bu xol ustozni g‘oyat quvontirardi. U Nozira bilan sinfdai tashqari mashg‘ulotlar o‘tardi. Nabiyeva (Isxakova) Nozira Ilxom qizi 1941 yil 15 sentyabrda Toshkent shaxrida tug‘ildi. Nozira 1959 yilda o‘rta maktabni tugatib, Toshkent Politexnika institutining kimyo - texnologiya fakultetiga o‘qishga kirganida undan avval ustozi xursand bo‘lgan edi. Talabalik yillari ham bir zumda o‘tdi - ketdi. Nozira Nabieyva 1965 — 1967 yillarda “Radiodetal” zavodining kimyo laboratoriyasida injener - ximik lavozimida ishladi. Uni ko‘proq kimyo fanining o‘ziga hos sirli tomonlarini o‘rganish va ochish jalb eta boshladi. Intiluvchan qiz uch yil davomida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining kimyo ilmiy - tekshirish instituti aspiranturasida tahsil oldi. Nozira Nabiyeva O‘zbekiston mineral resurslari tarkibidagi noyob metallarni ajratib olish va ularning fizik - kimyoviy xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bordi. 1972 yilda ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, kimyo fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. 1973 yilda esa TAYI ning Umumiy kimyo kafedrasiga katta o‘qituvchi lavozimiga tayinlandi. Oradan uch yil o‘tgach, Oliy Attestatsiya komissiyasi uni dotsentlikka munosib ko‘rdi,
Olima - pedagog qirqdan ortiq ilmiy - maqolalar, uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar muallifidir. Ko‘p yillik ilmiy - pedagogik faoliyati Nozira Nabiyevaga faqat og‘ir mehnat, ammo zafarli kunlarni keltirdi. Talabalarga kimyo asoslarini o‘rgatish bilan birga ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlashni o‘zining asosiy vazifalaridan deb bildi. Bu esa unga shogirdlarning minnatdorchilik tuyg‘ularini hadya etdi.
Nozira Nabiyeva “Mexnat faxriysi” nishondori, TAYIda xizmat ko‘rsatgan dotsent diplomi bilan taqdirlangan.
Hozir shu oliygoxda yosh avlodga tarbiya berish va kimyo fanining asoslarini o‘rgatish bo‘yicha xizmat qilmoqda.