Toshkent davlat texnika universiteti “Marksheyderlik ishi va geodeziya” kafedrasi dotsenti Naimova Ra’no Shukurovna 1989 yili Toshkent politexnika instituti (hozirgi TDTU) “Kon metallurgiya” fakultetida o‘qishni tugatib, turli korxonalarda marksheyder, muhandis sifatida mehnat qildi.
1998 - 2010 yillarda Navoiy davlat konchilik instituti Zarafshon umumtexnika fa- kultetining “Tabiiy va umumtexnik fanlar” kafedrasida laboratoriya mudiri, assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti, kafedra mudiri bo‘lib ishlagan. 2010 - 2014 yillar Navoiy kon - metallurgiya kombinat, Markaziy kon boshqarmasi o‘kuv markazi muhandisi, direktor muovini, 2014 yildan buyon Toshkent Davlat Texnika universitetida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
2005 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ra’no Naimova foydali qazilma konlarni ochiq usulda qazib olish korxonalarida geomexanik jarayonlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqish, karer bortlarida va ag‘darma tog‘ jinslari omborxonalarida sodir bo‘ladigan geomexanik jarayonlarini zamonoviy texnologiyalar asosida o‘rganish, konlarni yaxlit baholash va konditsiyani optimallashtirish asosida konchilik korxonalar xom ashyo zaxirasini rivojlantirish ishlari bilan shug‘ullanadi.
Olima geomexanik tadqiqotlar asosida texnogen hosilalarni shaklantirishda geomexanik xavfli hududlar ta’sirining oldini olish usulini yaratgan. Tavsiya etilgan ishlanmalar O‘zbekistondagi oltin konlarida qazib olish ishlari olib borishdagi xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Geomexanik izlanishlar natijasida Muruntov konida qo‘llanilgan kon resurslaridan oqilona foydalanish ta’minlanib, konchilik ishlarini samaradorligini oshirishga erishilgan.
Dotsent Ra’no Shukurovna rahbarligida resurslaridan yaxlit va to‘liq foydalanish maqsadida, ilmiy tadqiqot natijalari konchilik amaliyotida tadbiq etilgan. Natijada, Muruntov kareridagi qazib olinayotgan rudadan yaxlit va oqilona foydalanish usuli amaliyotga joriy etilgan.
Ra’no Naimova rahbarligida 3 ta magistrlik dissertatsiyalari yoqlangan, 60 dan ortiq ilmiy ishlari respublika va xalqaro jurnallarda chop etilgan, shu jumladan 2 ta monografiya va 3 ta o‘quv qo‘llanmasi: “Povmshenie effektivnosti ispolzovaniya texnogenniyx resursov glubokix karerov” (2011), “Metodika razrabotki pasportov gorniyx rabot” (208), “Formirovanie vmsokix odnoyarusniyx otvalov s nesushey sposobnostyu osnovaniya” (2007) kabi risolalari nashrdan chiqqan.
Dotsent Naimova Ra’no Shukurovna xalqaro Simpozium va konferentsiyalarda Janubiy Koreya, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarda ilmiy ma’ruzalar bilan faol ishtirok etgan.
U o‘zining pedagogika sohasidagi mahorati, dars jarayonlariga puxta tayorlanishi, ilmiy salohiyati, izlanishlari, tadqiqotlari natijasi va go‘zal xulqu odobi bilan nafaqat hamkasblari, balki talabalar o‘rtasida ham katta hurmat - e’zozga sazovor. Olima har bir ishga o‘ta mas’uliyat bilan qaraydi, o‘ziga va o‘zgalarga talabchan, ko‘zlagan maqsadi yo‘lida tinim bilmaydi.
Ra’noxon 2 farzandning onasi, tanilgan olima va tashkilotchi, tajribali pedagog, yuksak insoniy fazilatli ustoz.