Mubosher Jobirovich Najmiddinov 1955 yil 27 dekabrda Namangan shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan.
1973 yil Namangan shahridagi 5 - o‘rta maktabni tamomlagan.
1973 - 1978 yillarda Farg‘ona politexnika institutida muhandis - mehanik mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olib. Muvafafaqiyatli tamomladi. Shu yili Namangan g‘isht ishlab chiqarish korxonasida muhandis – mehanik lavozimida ish boshlagan.
1979 yildan Toshkent politexnika institutining Namangan filialining umumtexnika fanlari kafedrasida katta laborant, 1980-yildan stajyor-tadqiqotchi bo‘lib ishlagan va 1982 - 1985 yillarda Toshkent politexnika institutining materialshunoslik kafedrasida aspirant bo‘lgan.
1985 - 1988 yillarda kompozitsion polimer materiallari ilmiy - tadqiqot laboratoriyasida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.
U 1981 yildan boshlab Ukrainaning Dnepropetrovsk shahrida, Bolgariyaning Plovdiv shaxrida, Toshkent, Andijon, Farg‘ona va boshqa bir qator shaharlarda o‘tkazilgan xalqaro, respublika va mintaqaviy ilmiy - texnikaviy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashgan.
1982 yil fan va texnika sohasi bo‘yicha sobiq Bu tunittifoq yoshlar tashkilotining mukofoti laureati bo‘lgan.
1988 yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “Kompozitsion polimer materiallarning tolali massalar bilan o‘zaro friktsion ishqalanishi mexanikasi” mavzusida dissertatsiya himoya qilgan. Shundan buyon NamMPI mashinasozlik texnologiyasi kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
1992 - 1993 yillarda mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mudiri, 1994 - 1997 yillarda mexanika fakulteti dekani lavozimida ishladi.
M. J. Najmiddinov 70 dan ortiq ilmiy maqola va uslubiy ko‘rsatmalar va 2 ta patent muallifidir. U 4 ta mualliflik guvohnomasiga ega.
O’qitayotgan fanlaridan ma’ruzalar matni va 20 dan ziyod o‘quv ko‘rsatmalari tayyorlagan.
Olim ayni chog‘da Namangan shahridagi qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb - hunar kolleji bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini olib boryapti.