O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Narzullayev Nozimjon Sobirjonovich

Narzullayev Nozimjon Sobirjonovich    Nozimjon Sobirovich Narzullayev 1963 yil 30 iyulda  Namangan viloyati Chortoq tumani Koroskon qishlog‘ida  ziyoli oilasida  tug‘ilgan.
    1970 - 1980 yillarda qishloqdagi 68 - o‘rta  maktabda o‘qib, oltin  medal bilan tamomlagan.
    1980 yil Andijon  paxtachilik  institutiga o‘qishga kirib, 1985 yili uni  imtiyozli diplom bilan  tugatgan.
    1985 - 1987 yillarda harbiy  xizmatni o‘tagan.N. S. Narzullaev 1987 yili Toshkent politexnika institutining Namangan filialiga (hozirgi Nam- MPI) katta laborant vazifasiga ishga qabul qilingan. Mehnat faoliyati davomida assistent, katga o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida ishlab kelmoqda.
    U 1989 - 1994 yillar mobaynida “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bilan hamkorlikda olib borgan ilmiy - tadqiqot ishlarining natijalari bo‘yicha 1994 yil mazkur birlashmaning Ixtisoslashgan kengashida “Qurilish materiallarini tashishda avtomobil va temir yo‘l transportining birgalikdagi faoliyatini boshqarish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Unga iqtisd fanlari nomzodi ilmiy darajasi berildi.
    1994 - 1996 yillarda iqtisodiyot fakulteti dekan muovini lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
    1996 yildan beri texnologiya fakulteti dekani sifatida ilmiy - pedagogik, ma’naviy - ma’rifiy va ommaviy - tashkiliy ishlarga rahbarlik qilib keldi.
    2002 yilda N. S. Narzullayev dotsent ilmiy unvonini oldi.
    Olim 50 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi bo‘lib, shulardan 2 tasi (“Talabalarda tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatini shakllantirish”, 2000 yil, “Mikroiqtisodiyot”, 2002 yil) o‘quv qo‘llanmasidir.
    2003 - 2004 o‘quv yili oxirida u yangi tashkil etilgan boshqaruv fakulteti dekani etib tayinlandi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5