O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nasriddinov Muhammad Mahmudjonovich

Nasriddinov Muhammad Mahmudjonovich    Muhammad Nasriddinov 1960 yil 11 aprelda Namangan shahrida  xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
    U1977 yili Namangan shahridagi  77 - o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatdi. 1982 yilda  Toshkent politexnika  instituti  ning  qurilish fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgandan so‘ng shu institutning  yig‘ma temir-beton  ishlab chiqarish kafedrasida stajyor tadqiqotchi lavozimida ish boshladi.
    1986 — 1989 yillarda Toshkent politexnika instituti aspiranturasining kunduzgi bo‘limida tahsil oldi.
    1990 yili Moskvada “Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar” mutaxassisligi bo‘yicha “Lyossimon tuproqli g‘ovak to‘ldiruvchilardan tayyorlangan yengil betonning mustahkamlik va deformativ xossalari va undan tayyorlangan egiluvchi elementlar ishining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
    Shu yildan boshlab Toshkent politexnika instituti Namangan filialining (hozirgi NamMPI) sanoat va fuqaro qurilishi kafedrasida assistent, 1991 yil fevraldan esa dotsent, 1999 — 2004 yillar davomida binolar va sanoat inshootlari qurilishi kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi.
    U olimlik faoliyati davomida 45 ta ilmiy - uslubiy ishlar yaratdi va chop ettirdi.
    Hozirgi vaqtda “Mahalliy xomashyo va sanoat chi- qindilari asosida g‘ovak to‘ldiruvchilar tayyorlash” mavzusi bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlari olib bormoqda.
    M. M. Nasriddinov Namangan viloyat tabiatni mu- hofaza qilish qo‘mitasi bilan hamkorlikda Namangan viloyatidagi ekologik holatni tahlil etish va yaxshilash borasida ijodiy ishlar olib bormoqda. U binolar va sanoat inshootlari qurilishi kafedrasi professor - o‘qituvchilari va talabalardan iborat ijodiy jamoaning rahbari sifatida xo‘jalik shartnomasi asosida  viloyatdagi  tashkilot va kichik  korxonalarga “Atmosferaga  chiqayotgan chiqindilarning  inventarizatsiyasi  va ularni  joylashtirish  limitlarin aniqlash”  nomli me’yoriy  xujjatlarni hamda yangi qurilayotgan qurilish  ob’ektlari uchun  “Atrof - muhitga  o‘tkazilayotgan ta’sir  bayonotnomasi ” loyihasini tayyorlamoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5