O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nasriddinova Saodat

Nasriddinova Saodat    Saodatni  Moskva Davlat universitetida taxsil olish uchun tavsiya etganlarida ko‘nglida allanechuk beg‘ubor xislar uyg‘ondi. Bu hislar aro o‘zbek elining serjilo farog‘atlari, xirmon - xirmon paxtalari - yu, obod bo‘lgan cho‘llari, keksalarining duosi - yu yoshlarining g‘ayrati qalqib   chiqardi. U o‘qiydi, ilm - ma’rifatli bo‘ladi. O‘z yurti ravnaqi uchun xizmat qiladi. Uning orzusi  shu edi! Saodat Nasriddinova (1939 yil 4 dekabrda tug‘ilgan) 1963 yilda aspiranturaning iqtisod fakultetini muvaffaqiyatli tamomladi. Yillar o‘tgach, yana Moskvada Plexanov nomidagi xalq xo‘jaligi instituti aspiranturasida o‘qib, shu yerda 1967 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Buni qarangki, taqdir uni Litva Respublikasi  poytaxti Viliyus shahriga yetakladi. Dotsent Saodat Sodiqovna 1987 yildagina Toshkentga qaytdi. 1994 yilgacha sharqshunoslik institutida Xalqaro marketing va menejment kafedrasida ishladi. 1998 yildan boshlab hozirgi kungacha Toshkent Moliya institutida Mikro va makro iqtisodiyot kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib bormoqda. Saodat Sodiqovna institut bo‘yicha masofaviy o‘qitishga, kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlashga mas’uldir. Ko‘plab talabalarning ilmny ishlariga rahbar hamdir.
  Saodat Nasriddinovaning pedagogik faoliyati har doim metodik, ilmiy va amaliy ijod bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. U ko‘plab maqolalar muallifi hamdir. Uning masofaviy o‘qitishga  doir maqolalari, tezislari gazeta va jurnallarda, ilmiy konferentsiya materiallari to‘plamlarida nashr etilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5