Ahmadjon Abduhamidovich Nasritdinov 1959 - yil 5 - oktyabrda Namangan viloyati Uychi tumani Yorkatay qishlog‘ida tug‘ilgan.
1977 - yili Toshkent irrigattsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetiga o‘qishga kirib, 1982 - yili bitirdi va muhandis – mexanik mutaxassisligini oldi.
1982 - yili institut yo‘llanmasi bilan O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy - tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim bo‘lib ish boshladi.
1985 — 1988 yillarda aspirant, 1988 — 1991 - yillarda katta ilmiy xodim bo‘lib ishladi. 1991 - yili dissertatsiya himoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
1992 — 1999 yillarda NamMPIda katta o‘qituvchi, so‘ngra dotsent lavozimida ishladi. 1999 - yildan hozirgi kungacha ziroat muhandisligi kafedrasiga rahbarlik qilib kelmoqda.
1996 - yildan boshlab “Bug‘doydan bo‘shlagan yerlarni tayyorlash texnologiyasi va mashina - mexanizmlar o‘lchamlarini asoslash” bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Hozirgi kungacha A. Nasritdinovning ilmiy rahbarligida 3 ta izlanuvchi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar.
A. Nasritdinov xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda qator ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashib kelmoqda. O‘zining ilmiy - pedagogik faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlar, shu jumladan 40 dan ortiq mualliflik guvohnomasi sohibidir. Hozirgi kunda muallif tomonidan traktor va avtomobillar fanidan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik yaratildi.