Fizika - matematika fanlari doktori, professor
Fizika - matematika fanlari doktori, professor 1946 yil 17 noyabrda Turkmanistonning Toshovuz viloyati Toshovuz tumani Oltmish qishlog‘ida tavallud topgan. Shu tumandagi 20 - o‘rta maktabni tamomlab, 1962 yil Farg‘ona davlat pedagogika institutining fizika - matematika fakultetiga o‘qishga kirdi. O‘qish davomida o‘tlgan asosiy va maxsus kurslar hamda maxsus seminarlar bo‘yicha professor J. X. Karimov, dotsentlar Q. Boyqo‘ziyev, M. Mamatov kabi ustozlardn talim oldi. 1967 yil institutni muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng, Toshkent to‘qimachilik institutiga o‘qituvchilik lavozimiga yo‘llanma bilan jo‘natildi. Keyinchalik Xorazm davlat pedagogika institutiga ishga taklif qilindi.
Q. Navro‘zov 1973 - 1976 yillari O‘zbekiston Fanlar akademiyasining mexanika instituti aspiranturasida tahsil oldi. U akademik D. F. Fayzxullayev ilmiy rahbarligida 1976 yil “Nekotoriye voprosiy gidrodinamiki dvuxfazniyx sred v trubax s deformiruemыmi i nedeformiruemыmi stenkami”
(“Deformatsiyalanuvchi va deformatsiyalanmovchi devorli trubalarda ikki fazali muhit gidrodinamikasining bazi masalalari”) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1977 yili Xorazm davlat pedagogika institutiga qaytib kelib, matematika kafedrasi katta o‘qituvchi vazifasida ishlay boshladi. 1990 yil “Pulsiruyushiye dvijeniya dvuxfaznix i nenyutonovskix jidkostey v trubax i kanalax” (“Ikki fazali va nonyuton suyukdiklarning truba va kanaldagi impulsiv (beixtiyor) harakatlari”) mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini Sankt - Peterburg davlat texnika universitetida yoqladi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha “Gidrodinamika pulsiruyuщix potokov”, “Gidrodinamika pulsiruyushix techeniy v truboprovodax” nomli monografiyalari va ilmiy maqolalari chop etildi.
Uning ilmiy ishi materiallari va natijalari Urganchdagi maxsus respublika kardiologiya markazida yurak - qon tomirlari kasalliklarini davolashda qo‘llanilmoqda. 1991 yil professor unvonini olgan Q. Navro‘zov hozirgi kunda yurak biomexanikasi masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Uning 100 ga yaqin ilmiy asarlari e’lon qilingan. Shuningdek, talabalar uchun “Algebra va analiz asoslari” (I - IV qismlar, 2003 - 2004 y.), “Kompleks sonlar, kompleks o‘zgaruvchilarning funktsiyalari” (l - qism, Urganch, 2005 y.) kabi metodik qo‘llanmalari chop etilgan.
Q. Navro‘zov ilmiy - pedagogik faoliyati bilan birga, 1990 - 1992 yillari Xorazm davlat pedagogika instituta rektori vazifasida ham ishladi. Hozirgi kunda u Urganch davlat universiteti professori lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.