Navro‘zova Shakar Istamovna 1967 yili Buxoro shahrida tug‘ilgan. U bolaligida kattalardan ona shaxri Buxoro tarixi, uning go‘zalligi, tarixiy obidalarining dovrug‘i yetti iqlimga tarqalganligi xaqida ko‘p eshitardi. Va aksincha, fan va texnikaning tarakkiyoti tufayli shaxarda ekologik vaziyatning keskinlashganligi, bu esa turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgani xaqidagi gap - so‘zlar e’tiborini tortadi. “Qani endi shifokor bo‘lsam - u, odamlarni kasallanishiga yo‘l qo‘ymasam”, — deya orzu qilardi.
Shu o‘y - xayollar maktabda o‘qib yurgan kezlari unga tinchlik bermadi. 1984 yili o‘rta ma’lumot olib, Samarqand Davlat Tibbiyot institutining pediatriya fakultetiga o‘qishga kiradi. Va ushbu oliy o‘quv yurtini muvaffaqiyatli tugatib, 1993 — 1996 yillar davomida “Doimiy noqulay ekologik sharoitda yashovchi bolalarda uchraydigan respertorlik allergoz kasalliklarning chastotasi va klinikasining xususiyatlari” mavzusida nomzodlik ishi ustida ishlaydi va uni muvaffaqiyatli ximoya qiladi.
Sh. Navro‘zova 2001 yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tavsiyasiga binoan dotsent ilmiy unvonini oldi. Shu davrga qadar 33 ta ilmiy maqola, 5 ta uslubiy qo‘llanma nashr ettirdi. Hozirgi vaqtda “Janubiy Orolbo‘yi mintaqalaridagi bolalarda allergiyaning klinik - enidemiologik jixatlari” mavzusida doktorlik ishini ximoya qilish arafasida.
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Shakar Navro‘zova turli ilmiy kengash va yig‘inlarnnng faol a’zosi. Xususan, Markaziy Osiyo pulmonologlari assotsiatsiyasi, “USAID” Kaunterpart konsortsium fondi, Xalqaro “Yevro osiyo” foidi, O‘zbekiston Respublikasi NORYe “USAID” loyihasining Navoiy viloyatidagn filiali tashkil qilgan seminarlarda ishtirok etib, sertifikat olgan.
Ayni kunlarda Buxoro Davlat Tibbiyot instituti “Bolalar kasalliklari” kafedrasi mudiri lavozimnda ishlamoqda.