O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nazarov Muhammadrasul Sharapovich

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1966 yil 4 fevralda  Farg‘ona viloyati  Rishton  tumani Amirobod qishlog‘ida tug‘ilgan. Shu yerdagi  o‘rta maktabni  tamomlagan. 1983 – 1990  yillarda  Toshkent  davlat  universiteti biologiya  fakultetida  o‘qidi.
  1991 - 1994 yillarda  O‘zR FA  Zoologiya  instituti ixtiologiya  va gidrobiologiya  laboratoriyaida   aspiranturani o‘tadi.
  M. Nazarov 1994 yili  aspirantlar o‘rtasida  o‘tkazilgan  Prezident stipendiyasi sovrindori  bo‘lgan.
  1994 - 1996  yillarda O‘zR FA Zoologiya  institutida ilmiy xodim lavozimida  ishlagan. Shu davrda  O‘zbekistonning  turli suv havzalariga  iqlimlashtirilgan   baliqlarning  bioekologik  hususiyatlari hamda  ularning xo‘jalik ahamiyatini   o‘rganish  borasida  ilmiy - tadqiqot ishlarini  olib bordi. 1995 yilda “Kumush karas  balig‘ining  O‘zbekistonning  turli  tipdagi suv havzalaridagi  ko‘payuvchilik  hususiyatlari”  mavzusida nomzodlik  dissertatsiyasini muvaffaqiyatli  himoya qildi.
  Respublika va xorijiy  nashrlarda  40 dan  ortiq ilmiy  hamda ilmiy - uslubiy  ishlari chop etilgan. 2009 yil 2 sentyabrdan   Farg‘ona  davlat universitetining  zoologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2012 yildan esa zoologiya  kafedrasi dotsenti  lavozimida ishlab kelmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5