O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nazarov Muhammadrasul Sharopovich

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1966 yil 4 fevralda Rishton tumani Amirobod qishlog‘ida tug‘ilgan. Tumandagi 33 - o‘rta maktabni tamomlagan.
  1983 - 1990 yillarda Toshkent davlat universiteti biologiya fakultetida o‘qidi. 1991 - 1994 yillarda O‘zRFA Zoologiya instituti ixtiologiya va gidrobiologiya laboratoriyasida aspiranturani o‘tadi.
  M. Nazarov1994 yili aspirantlar o‘rtasida o‘tkazilgan Prezident stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.
  1994 - 1996 yillarda O‘zRFA Zoologiya institutida ilmiy xodim lavozimida ishlagan. Shu davrda O‘zbekistonning turli suv havzalariga iqlimlashtirilgan baliqlarning bioekologik xususiyatlari hamda ularning xo‘jalik ahamiyatini o‘rganish borasida ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bordi va 1995 yilda “Kumush karas balig‘ining O‘zbekistonning turli tipdagi suv havzalaridagi ko‘payuvchanlik xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
  Respublika va xorijiy nashrlarda 40 dan ortiq ilmiy hamda ilmiy - uslubiy ishlari chop etilgan. 2009 yil 2 sentyabrdan Farg‘ona davlat universitetining zoologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2012 yildan esa biologiya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5