O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nazarova Fotima

Nazarova Fotima    Ba’zan biz kimnidir ko‘rib, kishining havasi keladi - ya, deymiz. Havasi kelib — shu insonning bajargan va bajarayotgan ishlariga tan berish, kayerdadir undan o‘rnak olishga intilishdir. Fotimaxonni ko‘rgan - bilganlar dilida xuddi shunday xislar uyg‘onishi tabiiy. Ayniqsa, yoshlar uningdek bo‘lishni orzu qiladilar. Chunki ustozlaridagi kirishimlilik, ustozlaridagi bilim, xushmuomalalik ularni o‘ziga tortadi. Qolaversa, paxta ilmini chuqur bilishi uning atrofiga yoshlarni ko‘proq to‘playdi...
  Fotimaxon Nazarova 1954 yil 15 martda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. Maktabni tugatib, Toshkent Qishloq xo‘jalik institutining iqtisod fakultetiga o‘qishga kirgan va uni 1980 yilda tugatgan. Yaxshi o‘qigani, iqtidori uchun uni institutda olib qolishdi. U endi ilmiy xodim edi. 1981 — 1984 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining iqtisod instituti aspiranturasida o‘qidi. 1985 yilda esa Fotimaxon “Paxtachilikda mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi. Yosh olima Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutida avval assistent, so‘ng dotsent lavozimlarida ishlash. U tinib - tinchimadi. Ham dars berdi, ham   ilmiy ishi ustidagi ishlarini davom ettiraverdi   va nixoyat, 2001 yil fan doktori  ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. Fotima Nazarova Toshkent Moliya institutida, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jalik vazirligida o‘quv yurtlar boshqarma boshlig‘i sifatida ishladi. Olima hozirgi kunda Bozor islohotlari   ilmiy - tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
  Fotima Nazarova o‘z ilmiy izlanishlarida O‘zbekistoi Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini rivojlantirish, eksportga yo‘naltirgan iqtisodiyotni yaratish bo‘yicha jahon tajribasi va uning nazariy asoslarini o‘rganish masalalari bilan shug‘ullanmoqda. Aholini oziq - ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, agrar tarmoqni rivojlantirishda chet el investittsiyalarini jalb qilish, inovattsion jarayonlarni  takomillashtirish, fermer va dehqon xo‘jaliglarida ish yuritish  va boshqa mavzular bo‘yicha ishni olib bormoqda. Olima Jahon balki, Osiyo balki, TASIS, Jayka va boshqa xorij tashkilotlari soxasida ilmiy maslaxatchi hisoblanadi. U bir necha aspirantning ilmiy rahbari, Ixtisoslashgan kengash ilmiy kotibi hamdir. Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti fan doktorlari ichida yagona o‘zbek ayoli ham Fotimaxon Nazarova bo‘ladilar.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5