O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nazarova Rahima Maxamadaliyevna

Nazarova Rahima Maxamadaliyevna    Nazarova Maxamadaliyevna Rahima 1926 (1929) yil 21 dekabrida Toshkentning Taxtapul daxasida tug‘ilgan. Uning otasi Mahamadali Haydaraliyev — vagonlarni ta’mirlash zavodida ishchi, onasi Maston Yuldasheva — uy bekasi edi.
  Oilada tug‘ilgan beshta farzanddan ikkitasi yoshligida nobud bo‘lib, akasi Haydarov Usmon (1923) va singlisi Mahamadaliyeva Nozima (1947) tirik qolgan.
  Ikkinchi Jaxon urush yillarida akasi Usmon frontga va otasi Rossiyaning Chelyabinsk shahriga mehnat frontiga chaqirilgan paytda, 12 yashar Rahima uning qaramog‘ida qolgan betob onasi va ko‘zi ojiz buvisini boqish  uchun ikki buxanka non evaziga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvoxnomasiga 3 yosh ko‘paytirib, etikdo‘zlik arteliga ishga kirgan, Chirchiq kanalini qazishda qatnashgan.
  Urushdan keyin 1947 yilda pedagogika bilim yurtini bitirib, Toshkent Davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirgan. 1951 yilda institutni bitirib, Rossiyaning Leningrad shahriga D.Ushinskiy nomidagi pedagogiqa institutiga aspiranturaga yuborilgan. 1954 yilda dissertatsiya yoqlab pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Nazarova Raxima xaqiqatan ham pedagogika fanlari nomzodi unvonini olgan birinchi o‘zbek ayolidir. O‘z yurtiga qaytib, 1954 — 1957 yillarda Farg‘ona pedagogika institutida ishlagan. 1957 yildan boshlab 1994 yilgacha 37 yil davomida Toshkent Davlat chet tillari pedagogika institutining (hozirgi Jahon tillari universiteti) “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida katta o‘qituvchi, uzoq yillar kafedra mudiri, donent lavozimlarida ishlab, Toijent Davlat universiteti, Toshkent Davlat pedagogika instituti va o‘qituvchilarni malakasini oshirish institutida dars bergan. 1957 yilda Rahima turmush quradi. Turmush o‘rtog‘i - birinchi o‘zbek jurnalist ayoli Sobira Xoldorovaning o‘g‘li Po‘lat Nazarov urush  boshlanganda o‘z ixtiyori bilan 17 yoshida frontga ketgan. Urush davomida ko‘rsatgan mardligi uchun orden va medallar bilan taqdirlangan.
  Oilada uch farzand: ikki o‘g‘il va bir qiz dunyoga keldi. Biroq baxtli turmush uzoq davom etmadi. 1969 yilda turmush o‘rtog‘i urushda olgai jarohatlari tufayli olamdan ko‘z yumadi. Uchta farzandi bilan qolgan Rahima butun umrini ularning tarbiyasiga bag‘ishladi.
  Raxima Nazarova mehnat faoliyati davomida o‘zini ish sohasini yaxshi biladigan mutaxassis va tashkilotchi sifatida ko‘rsatdi. 19 yil kafedra mudiri vazifasida ishlab, uning ilmiy rahbarligida 7 ta fan nomzodi tayyorlangan. Rahima Nazarova minglab talabalarga elimizda ulug‘ va sharafli kasb pedagog - o‘qituvchi kasbini egallashda bor tajribasi va qobiliyatini ayamasdan saboq bergan. 
  Raxima Nazarovaning barcha farzandlari oliy ma’lumotli, elda obro‘ - e’tiborli insonlar bo‘lib yetishdilar. Katta o‘g‘illari Timur ko‘p yillar davomida davlatimiz xavfsizligi va tinch hayotini himoya qilgan. Hozirgi kunda podpolkovnik Timur Nazarov iste’foda. Ikki o‘g‘il va bir qizi bor.
  Qizlari Saida - shifokor, O‘zbekiston Respublikasi Travmatologiya va ortopediya ilmiy - tekshirish institutida fizioterapiya bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlab, insonlar salomatligini tiklashda faollik ko‘rsatmoqda. Bir qizi va o‘g‘li bor.
  Rahima Nazarovaning kenja o‘g‘li Komil Po‘latovich mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash borasida Davlat bojxona qo‘mitasida rahbar lavozimlarida ishlab kelmokda. Uch qizi va bir o‘g‘li bor.
  Rahima Nazarova og‘ir kasallik tufayli 2004 yil 8 iyunda olamdan ko‘z yumdi.
  Respublikamizning qaysi viloyat yoki tumaniga borsangiz, barchasida Rahima Nazarovaning shogirdlari bor. Ular yosh avlodning yurtimiz ravnaqi va porloq kelajagi uchun xizmat qiladigan bilimli, ma’navny yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari uchun jon kuydirmoqdalar.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5