O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nazimov Solijon

Nazimov Solijon    Solijon Nishonovich Nazimov 1953 yil 20 iyunda Namangan viloyati Chust tumanidagi  Axcha qishlog‘ida dehqon oilasida  tug‘ilgan.
    Solijon Nazimov 1960 - 1970 yillarda  Chust tumanidagi  A.Jdanov nomli  18 - o‘rta maktabda o‘qigan.
    1970 - 1978  yillari Toshkent  xalq xo‘jaligi instituining qishloq xo‘jaligi  institutining  qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti fakultetini tugatib, iqtisodchi mutaxassisligini olgan.
    S.Nizomov 1970 - 1973 yillarda  Chust tumani Leningrad jamoa  xo‘jaligida hisobchi lavozimida ishlagan.
    1973 — 1975 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan.
    1975 — 1983 yillarda yana o‘sha xo‘jalikda hisobchi, bosh hisobchi, 1984 — 1987 yillarda bosh iqtisodchi, 1987 — 1988 yillarda “O‘zbekiston” jamoa xo‘jaligida bosh hisobchi, 1989 — 1895 yillarda “Axcha” jamoa xo‘ja - ligida bosh iqtisodchi, 1995 — 1999 yillarda “Axcha” dehqon - fermer xo‘jaliklari uyushmasida bosh iqtisodchi vazifalarida ishlagan.
    1999 yil avgustdan hozirgacha Namangan muhandislik – pedagogika institutining “Menejment” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqtsa.
    1989 yilda O‘rta Osiyo Qishloq xo‘jaligi iqgisodi ilmiy - tekshirish instituti aspiranturasini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tugatdi va shu yilning iyun oyida “Echkichilikni rivojlantirish va samara - dorligini oshirish istiqbollari” (O‘zbekiston Respublikasi misolida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
    2003 yilda unga dotsent ilmiy unvoni berilgan.
    S. Nazimovning qishloq xo‘jaligida menejment fanidan o‘quv qo‘llanmasi, 40 dan ziyod ilmiy va o‘quv - uslubiy ko‘rsatmalari va maqolalari nashr qilingan.
    S. Nazimov “Qishloq xo‘jaligida menejment samaradorligi va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy - tadqiqot ishlari olib bormoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5