O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nazirova Rano A’zamovna

Nazirova Rano A’zamovna

Ibratli umr

    Hayot   inson uchun ibrat ko‘zgusi. Solih va aqlli kishilar bu ko‘zguga qarab, o‘zlarini tahlil etadilar. So‘ng aniq maqsad yo‘lida kurashib, umrlarini fidoyilikka bag‘ishlaydilar.
  Firdavsiyning shunday satrlari bor:
  Agar qish ko‘rsangiz bahor keltiring, Faqat yaxshilikdan shior keltiring.
  Darhaqiqat inson hayotning faqat yaxshi tomonlarini ko‘ra olishi, yomonliklardan uzoq yurishi, yaxshiliklar sari o‘zini chog‘lashi kerak. Taniqli olim Ra’no Nazirova ham hayotida faqat yaxshi ishlarga bosh bo‘ldi, butun umrini jamiyat xizmatiga bag‘ishladi. Muhimi, u ilm - fan ravnaqiga salmoqli hissasini qo‘shdi. Bugungi kunda professor Ra’no A’zamovna Nazirovani respublikada ham yaxshi bilishadi. Chunki u fanga ko‘plab yangiliklar olib kirdi va o‘zining ixtirochilik ishlari bilan tezda shuhrat qozondi.
  Ra’no Nazirova 1940 yilda Toshkent shahrida tavallud topdi. 1958 yilda maktabni bitirib, Leningrad oziq - ovqat sanoati institutiga kirdi. 1963 yilda aspiranturada o‘qiy boshladi.
  Nomzodlik ilmiy ishini yoqlagach, 1966 - 1978 yillarda Toshkent politexnika institutining kimyo texnologiya 
  fakulteti polimerlar laboratoriyasida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat ko‘rsatdi.
  Keyinchalik institutning kimyo - texnologiya fakulteti - kechki va sirtqi bo‘limlar dekani bo‘lib ishladi. Shu asnoda oliygohning analitik kimyo kafedrasida ham faoliyat ko‘rsatdi.
  1991 yilda Toshkent kimyo - texnologiya institutida dotsent bo‘ldi, 1995 yilda doktorlik ilmiy ishini yoqladi. Olimlik faoliyati davomida Ra’no A’zamovna 10 ta nomzodlik ishiga boshchilik qildi, o‘zi ham 200 dan ortiq ilmiy maqolalarni chop ettirdi, shuningdek mualliflik guvohnomalari va patentlik ishlariga yetakchilik qildi.
  Umr yo‘ldoshi To‘lqin Tursunov Toshkent kimyo - texnologiya instituti “Sanoat ekologiyasi” kafedrasining mudiri. Bu xonadonda 2 o‘g‘il va 1 qiz voyaga yetdi. Ayni vaktda 4 nafar nabira oilaning fayziga yanada fayz qo‘shadi.
  Jamiyat hayotida hech bir soha rivojini ilmsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ilm fidoyilari esa zahmatli yo‘lni tanlagan bo‘lsalarda o‘zlarining talant va iqtidorini barcha sohalarda namoyon eta biladilar. Inchinun har biri ezgu yo‘lda sobit bo‘lib, ona -Vatanimizning gullab  yashnashiga hissa qo‘shadilar. Oxir - oqibat umr sahifalarini ezgu ishlari bilan bezatadilar.
  Yashashiing davomi yaxshilik ekan, Axir yaxshilar ko‘p ko‘hna dunyoda. Har ish oxiriga yetgan chogda ham, Ibratli umrdan qolur nishona.
  Taniqli olim Ra’no Nazirova o‘zining ibratli hayoti bilan ikki dunyo saodatiga erishgan baxtli ayollardan biridir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5