Mirzobahrom Karimovich Negmatov 1956 yili Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Sayram qishlog‘ida tug‘ilgan.
1973 yil shu tumandagi 4 - maktabni tamomlab, Samarqand davlat me’morchilik - qurilish institutiga o‘qishga kirgan. 1978 yili mazkur institutni imtiyozli diplom bilan tugatib, Davlat imtixon hay’ati tavsiyasi bilan “Suv ta’minaoti va kanalizatsiya” kafedrasida assistent lavozimida ish faoliyatini boshlagan. 1979 - 1980 yillarda harbiy xizmatda bo‘lgan. 1980 - 1985 yillarda “O‘zgiproremjilproekt” loyihalash institutining Namangan filialida muhandis, yetakchi mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, loyihalarning bosh muhandisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
1985 - 1990 yillarda Leningrad muhandislik - qurilish institutida (hozirgi Sankt - Peterburg muhandislik – qurilish universiteti) aspirant, kichik ilmiy xodim lavozimlarida ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borgan.
1989 yili Sankt - Peterburg shahrida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1991 yildan Namangan sanoat - texnologiya institutida (hozirgi NamMPI) katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida ishladi. 1999 yildan hozirga qadar muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
M.K.Negmatov tabiiy va oqava suvlarni tozalash
texnologiyasi sohasida tanikdi olimlardan bo‘lib, xalqaro va respublika nashrlarida 60 dan ziyod ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalari va uslubiy ko‘rsatmalar chop ettirgan, ilmiy ixtirolari uchun 5 ta mualliflik tuvohnomasi va 2 ta patent olgan. U respublika va mintaqa miqyosidagi ilmiy anjumanlarda muntazam ishtirok etib keladi.
Ilmiy izlanishlari natijalari 1997 yili Namangandagi “Qizil ravot” suv tozalash inshootining filtrlash qurilmalarida va suzish basseynlari hamda akvaparklarning tozalash inshootlarida joriy etilgan. Bundan 150 mln. so‘mdan ortiq iqtisodiy samara olingan.
Hozirgi kunda “Tabiiy va oqava suvlarni tozalash texnologiyasida mahalliy xom - ashyolardan foydalanish va ular asosida yangi texnologiyalarning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi yakuniga yetish arafasida turibdi.